Qidirish
25/09/23, 12:18
1173

Joriy yilda O‘rmon xo‘jaligida amalga oshirilgan ishlar

O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan o‘rmonlar maydonini kengaytirish, qayta tiklash, o‘rmonlarni muhofaza qilish, qo‘shimcha tarmoqlarni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, o‘rmon fondining foydalanilmayotgan 3,5 ming gektar yer maydoni o‘zlashtirilib, foydalanishga kiritildi.

O‘rmon xo‘jaliklari tomonidan jami 200 ming gektar, shundan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida128 ming gektar, Buxoro viloyatida 40 ming gektar, Navoiy viloyatida 17 ming gektar, Xorazm viloyatida 10 ming gektar va o‘rmon fondining boshqa hududlarida 5 ming gektar maydonda “yashil qoplamalar” - himoya o‘rmonzorlarni barpo qilish va qayta tiklash tadbirlari bajarildi.

Sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi yerlari dala chetlarida 2 ming gektar maydonda ihota daraxtzorlari barpo etildi. O‘rmon barpo qilish, niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari uchun daraxt va butalarning 980 tonna urug‘lari jamg‘arildi.

Tuproq-iqlim sharoitga mos manzarali, mevali daraxt va butalar turlaridan 650 gektar maydonda niholxona, ko‘chatxonalar tashkil etildi. O‘rmon xo‘jaliklarida 70 turdagi iqlim sharoitiga mos daraxt va butalarning ko‘chatlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan, shundan ignabarglilar 8 tur, tez o‘suvchi va yaproqbarglilar 25 tur, mevalilar 15 tur, yong‘oqmevalilar 4 tur, cho‘l o‘simliklari 6 tur, har xil turdagi manzarali butalar 13 turni tashkil etadi.

Shuningdek, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida joriy yil bahor mavsumida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 21,8 mln. dona iqlim sharoitga mos manzarali, mevali daraxt va butalarning ko‘chat va qalamchalari yetkazib berildi.

“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida jami 347 gektar maydonda “yashil bog‘lar”ni barpo etish belgilangan.

- Bugungi kunga qadar mahalliy kengashlarning jami 134 ta “yashil bog‘lar” barpo etish uchun yer ajratish bo‘yicha tegishli qarorlari qabul qilingan.

Hududlarda barpo etiladigan “yashil bog‘lar”ni belgilangan talablar asosida tashkil etish maqsadida loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha “Yashilloyiha” loyihalash instituti bilan shartnomalar tuzildi.

Hozirda “Yashilloyiha” loyihalash instituti tomonidan Andijon, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati tuman va shaharlarida “yashil bog‘lar” barpo etish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazildi. Shuningdek, hududlarda “yashil bog‘lar” barpo etish bo‘yicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlari ekspertizadan o‘tkazish uchun taqdim etildi.

Qayd etilishicha, “Yashil hudud” duk tomonidan Farg‘ona viloyatida 9,3 gektar maydonda “yashil bog‘lar” barpo qilingan bo‘lsa, Sirdaryo viloyatining Sayxunobod va Sirdaryo tumanlarida yer tayyorlash ishlari yakunlandi. Hozirgi kunda boshqa hududlarda ham yer tayyorlash ishlari boshlanmoqda. Bundan tashqari, Jizzax viloyatining Zomin tumanida Zomin davlat o‘rmon xo‘jaligida 110 gektar maydonda “yashil bog‘” tashkil etish maqsadida 44 ming dona daraxt ko‘chatlari ekish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilmoqda.

O‘rmon fondi yerlarida jami 356 km yong‘inga qarshi oraliq joylar, 659 km yo‘llar, 6426 km himoya chiziqlari hamda 16 508 m3 suv havzalari yangidan qurilib, 2367 km oraliq joylar, 3358 km yo‘llar, 2592 km yong‘inga qarshi himoya chiziqlari, 339 km zovurlar hamda 14 471 m3 suv havzalari ta'mirlandi. O‘rmon muhofazasi va o‘rmon yong‘iniga qarshi 2800 dan ziyod tushuntirish va ogohlantirish ishlari olib borilib, o‘rmon yong‘inlarini sodir etmaslik bo‘yicha yangi 1500 ga yaqin ogohlantiruvchi bannerlar joylashtirildi.

Shuningdek, 46586 gektar maydonda kasallik va zararkunandalarni aniqlash ishlari olib borilib, jami 21066 gektar, shundan 19315 gektar maydonda biologik usulda qarshi kurashish tadbirlari olib borildi.

Shu bilan birga, respublika aholisi sonining yuqori sur'atlar bilan o‘sib borishi, qishloq xo‘jaligi yerlarining boshqa toifaga o‘tkazilishi va global iqlim o‘zgarishi ta'sirining keskinlashuvi oqibatida oxirgi 15 yilda aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan sug‘oriladigan yer maydonlari o‘lchami 24 foizga, o‘rtacha yillik suv ta'minoti darajasi esa 3 048 metr kubdan 158,9 metr kubgacha qisqardi.

Milliy daromadi O‘zbekiston bilan deyarli bir xil bo‘lgan mamlakatlarda qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun davlat byudjetining 4-5 foizi yo‘naltiriladi yoki YaIMga nisbatan rivojlanayotgan mamlakatlarda 1 foizdan ortiqroqni, daromadi yuqori bo‘lgan davlatlarda esa 1 foizdan kamroqni tashkil etadi.