Joriy yilning 6-yanvar kuni O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori E.M. Muhitdinov hamda Respublikamizga tashrif buyurgan Xitoy Qishloq xo‘jaligi universiteti professori, BMTning Cho‘llanishga qarshi kurash konventsiyasi (UNCCD) olimi Xu Shuven boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida hamkorlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Mazkur uchrashuv davomida o‘rmon yerlari degradatsiyaga uchragan va kuchli sho‘rlangan hududlarni yaxshilash uchun Xitoy modelini o‘rganish, shuningdek, sho‘rlangan yerlardan qishloq xo‘jaligi va o‘rmonchilik sohasida qayta foydalanish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, Orol dengizining qurigan tubida amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusi rejalar yuzasidan tomonlar o‘zaro fikr almashib, kelgusida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.