Qidirish
21/08/23, 15:55
809

Kasallik bezovta qilsa farmatsevtik dorilardan foydalanib emas, dorivor o‘simliklar vositasida tez va oson davo topish mumkin

Mamlakatimizda dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishtirish hamda qayta ishlashni tashkil etish, madaniy plantatsiyalarini barpo etishni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o‘simliklarni keng qo‘llash maqsadida bir qancha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, davlat rahbarining “Dorivor o‘simliklarni madaniy holda yetishitrish va qayta ishlash hamda davolashda ulardan keng foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Qarorida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash bo‘yicha davlat-xususiy sheriklik va investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tashkil etish choralarini ko‘rish kabi vazifalar belgilab qo‘yilgan.

Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash IIChM GIZ bilan hamkorlikda Xo‘jayli davlat o‘rmon xo‘jaligida dorivor o‘simliklarni yetishtirish va tayyorlash shuningdek, ularning foydali xususiyatlari to‘g‘risida seminar-trening tashkil qilindi. Seminarda xo‘jalik ishchilari hamda mahalliy ishsiz ayolar faol ishtirok etdi.

Mamlakatimiz turli xil kasalliklarni dorivor o‘simliklar asosida davolash bo‘yicha o‘zining ko‘p asrlik an'analariga egadir. Respublikada so‘nggi yillarda dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o‘simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, dorivor o‘simliklarni muhofaza qilish, ularning plantatsiyalarini tashkil etish, qayta ishlash orqali qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish zarurligini ko‘rsatmoqda.

Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, dorivor o‘simlik yetishtiruvchilar bilan yetishtirilgan mahsulotni xarid qilish bo‘yicha shartnomalar tuzish, ularni urug‘lik, mineral o‘g‘itlar, texnika, yoqilg‘i va boshqa vositalar bilan ta'minlash, ixtisoslashtirilgan hududlarda dorivor o‘simliklarni yetishtirish, urug‘liklar va ko‘chatlar tayyorlash, bosqichma-bosqich zamonaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etish, dorivor o‘simliklarni yetishtirish va urug‘chiligini tashkil etishda ilg‘or ilm-fan yutuqlarini qo‘llash hamda dorivor o‘simliklar yetishtirish va ularni qayta ishlash bo‘yicha xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro faol hamkorlik qilish va sohaga bosqichma-bosqich innovatsion yechimlar (nou-xau) joriy etish kabi masalalar dorivor o‘simliklar klasterining asosiy vazifalaridir.

Seminarda bugun odamlarni biror kasallik bezovta qilsa, o‘sha zahoti farmatsevtik dorilardan foydalanishga tushishi, aslida, ko‘plab kasalliklarga xalq tabobati orqali, dorivor o‘simliklar vositasida tez va oson, eng muhimi, zararsiz tarzda davo topish mumkinligi qayd etildi.

Tadbir so‘nggida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati