Qidirish
10/07/24, 13:12
489

Ko'jatlarni parvarish ishlari olib borilmoqda

Qo‘qon davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 2024-yilda yangitdan jami bo‘lib bahor oyida 5,0 gektar yer  maydonida 520 ming dona terak ko‘chatlari va 10 gektarda 1192 ming dona tut nihollari ekib parvarish qilib kelinmoqda.

Bundan tashqari Qipchoq o‘rmonchilik bo‘limida 1,0 gektar yer maydonida  urug‘dan ekilgan hozirgi kundagi holati  Kashtan 6 ming dona, Yapon safora 20 ming dona, Yasen  50 ming dona, Sovun daraxti 10 ming dona, Klyon 50 ming dona, Katalpa 50 ming dona, Ayland 20 ming dona, dub 10 ming dona jami 210 ming dona urug‘dan ekilgan nihollar parvarish qilinmoqda.

Niholdan ekilgan 3,6 gektar yer maydonidagi  eldor qarag‘ayi 7 ming dona, Yapon safora 7 ming dona, Yasen 7 ming dona, Chinor 7 ming dona, Tut 175 ming dona, terak 100 ming dona jami bo‘lib 303 ming dona nihollar parvarish qilib kelinmoqda.