KORRUPSIYA -TARAQQIYOT DUSHMANI
Bugungi kunda korrupsiya boshqaruvning barcha darajalarida uchraydi: global, milliy va mahalliy. Barcha turdagi agentlar (jismoniy shaxslar, korxonalar, davlat xizmatchilari va siyosatchilar) korrupsiyaga ixtiyoriy yoki noixtiyoriy ravishda jalb qilinishi mumkin.
O‘rmon xo‘jaligi agentligiga qarashli Taxtako‘pir davlat o‘rmon xo‘jaligida soha vakillari o‘rtasida korrupsiya illatlarining oldini olish borasida davra suhbati o‘tkazildi. O‘zaro muloqot jarayonida mas’ullar tomonidan korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot berilib, o‘rmon xo‘jaligi sohasida bu kabi huquqbuzarliklarning oldini olish, unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiya omillariga chek qo‘yishga qaratilgan harakatlar to‘g‘risida fikrlar bildirildi.