Korrupsiya xavfli illatdir!
Korrupsiya dunyo miqyosida hal etilishi lozim bo‘lgan global muammolardan biridir. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Shu bois unga qarshi kurash xalqaro ahamiyat kasb etib, jahon siyosatining muhim masalalari qatoridan joy olgan. Hozirda, korrupsiyaga qarshi kurash xalqaro miqyosdagi kabi respublikamizda ham dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.
Jamiyat rivojiga, mamlakat taraqqiyotiga jiddiy to‘siq bo‘lib, sohalar yuksalishiga bevosita tahdid tug‘diradigan asosiy illatdir. Shu sababli yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirish, uni ildizi bilan yo‘q qilish, bu boradagi huquqiy asoslarni yanada mustahkamlashga jiddiy e'tibor qaratilmoqda.
Unutmang Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!!!