Korrupsiyani oldini olish va qarshi kurashish !
Bugun Oʻrmon xoʻjaligi agentligi direktorining oʻrinbosari Gʻ.Qurbonov raisligida markaziy apparat xodimlari hamda agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlardagi masʼul xodimlari ishtirokida korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida videoselektor yigʻilishi oʻtkazildi.
Yigʻilishda G’. Qurbonov agentlikning hududlardagi masʼul xodimlariga oʻzlariga yuklatilgan vazifalarni bajarishda korrupsiyaviy holatlarga yoʻl qoʻymasliklari, ayniqsa joylardagi aholi bilan ishlash jarayonida amaldagi meʼyoriy hujjatlarga amal qilishlari, oʻz mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklari toʻgʻrisida tushuntirishlar berib, korrupsiya bilan bogʻliq jinoiy qilmishlarning ogʻir oqibatlari haqida gapirib oʻtdi.