Qidirish
22/12/23, 17:01
950

Korruptsiyaga qarshi kurashishda shafqatli bo‘lish kerak emas

Ma'lumki, Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2003 yil 21 noyabrdagi rezolyutsiyasiga muvofiq, 2004 yildan boshlab har yili “9 dekabrь – Butunjahon korruptsiyaga qarshi kurashish kuni” sifatida nishonlanmoqda.

Xalqaro korruptsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e'lon qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurashish oyligi” doirasida O‘rmon xo‘jaligi agentligiga qarashli Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligida “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.

Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori X.Xudayberganov, xo‘jalikning tegishli bo‘linma rahbarlari hamda sohaning boshqa mas'ul xodimlari ishtirok etgan mazkur tadbirga Xorazm viloyat prokuraturasi mas'ul xodimi U.Abdullayev taklif etildi.

Bugungi kunda o‘rmon xo‘jaligi agentligi hamda uning tizim tashkilotlarida korruptsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish va chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli amaliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 iyuldagi “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6257-son Farmoni hamda 2023 yil 27 noyabrdagi “Korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-200-son Farmonining mazmun-mohiyati va ularda belgilangan vazifalar hususida tushuntirishlar berildi. Davlat va jamiyat rivojiga, xalqning adolatga bo‘lgan ishonchiga jiddiy putur yetkazadigan xavf – korruptsiya xavfining oldini olish va unga qarshi kurashish borasidagi ishlarni izchillik bilan amalga oshirib borish zarurligi qayd etildi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati