Qidirish
30/10/24, 10:18
475

Lavandaning qanday xususiyatlari bor?

O‘zbekiston iqlimi keskin kontinental: yozi issiq, qishi ancha sovuq, tekis hududlar subtropik xususiyatga ega. O‘zbekistonning Surxondaryo viloyatida tabiiy sharoitda dorivor o‘simliklar, tog‘larda pistazorlar bor. O‘simliklar, ajoyib landshaft turlari , baliqchilik ko‘llari rekreatsion va turistik ahamiyatga ega.

Foydali xususiyatlarga ega bo‘lgan lavanda yetishtirish juda foydali. Lavanda juda oddiy va mamlakatimizning issiq hududlarida yaxshi o‘sadi. U zararli hasharotlar tomonidan hujumga uchramaydi va hayvonlar uni yemaydilar. Gullarni to‘g‘ri parvarish qilish, yig‘ish va saqlash muvaffaqiyatli biznesning kalitidir.

Lavanda yog‘i, lavandi shirasi, lavanda gidrolati, lavanda guldastalari, lavandazorda hordiq chiqarish va fotosessiyalar – lavandaga investitsiya kiritib, ro‘yobga chiqarish mumkin bo‘lgan biznes g‘oyalarini uzoq davom ettirish mumkin.

Mutaxassislarning qayd etishicha, yetishtirish texnologiyasi va urug‘ to‘g‘ri tanlangan taqdirda, lavandaning o‘rtacha hosildorligi 65–70 s/gektarni tashkil qiladi. Bu hosildan 100 kg gacha efir moyi – lavandani qayta ishlash orqali olinadigan eng qimmatbaho mahsulot olish mumkin.

Soha vakillarining so‘zlariga ko‘ra, lavanda koni foyda o‘simlik. Tibbiyot va parfyumeriyada keng qo‘llaniladi, suvi, guli va moyidan foydalanish, eksportga yo‘naltirish mumkin. Kilogrammi jahon bozorida 8-9 ming dollar baholanadi, bir gektardan esa 70-80 kilogramm moy olish mumkin. Eng asosiysi, lavanda ko‘p suv va parvarish talab qilmaydi, O‘zbekiston sharoiti uchun juda qulaydir.