Qidirish
30/05/24, 17:49
1064

Loyiha yuzasidan tadbirlar davom etmoqda

Xitoyning ELINC kompaniyasining Xuan Chao (Generalniy direktori), Chju Vey (Marketing bosh menejeri) Mi Minxau (Marketing menejeri) Xu Vey (Texnik mutaxassis) Chjao Danyanlar (texnik mutaxassis) bilan Ekologiya atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi hamda O‘rmon xo‘jaligi agentligi xodimlari bilan birgalikda hamkorliklar yuzasidan qo‘shma loyihasi doirasida birgalikda tadqiqotlar va loyihalar amalga oshirish to‘g‘risida tadbir tashkil etildi.

Qayd etish lozimki, Xitoyning ELINC kompaniyasi tomonidan amalga oshirilgan loyihalar hamda O‘zbekistonning Ekologiya, o‘rmon xo‘jaligi sohasida raqamlashtirishni yuqori suratlarda joriy etish va sohada mavjud muammolarning yechimlari yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Ushbu tadbirda Xitoyning ELINC kompaniyasining sohani raqamlashtirish, kiberxavfsizlik tizimini mukammal joriy etish, yong‘in xavfsizligini doimiy ravishda monitoring qilish, sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish, elektron hukumatni rivojlantirish orqali sohani to‘liq raqamli tizimga o‘tkazish, xizmat inspektorlarni ish faoliyatini doimiy monitoring qilish va signalizatsiya tizimlari yuqori texnologiyalarni qo‘llash yuzasidan taqdimoti namoyishi bo‘lib o‘tdi va fikrlar almashildi.

Soha vakillari mavzular yuzasidan zaruriy ma’lumotlarni taqdim etdi.