“Mening Bog‘im” loyihasi davom etmoqda!
Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida “Mening Bog‘im” loyihasi doirasida ko‘chat ekish ishlari bo‘lib o‘tdi.
Tabiatni asrash, hududni obodonlashtirish va ekologik muvozanatni tiklash maqsadida turli xil manzarali va mevali daraxtlar ekildi.
Ushbu tadbirda mahalliy aholi va yoshlar faol ishtirok etdi, barchaning maqsadi – yashil va sog‘lom kelajak yaratish!
Siz ham tabiatga mehr ko‘rsatmoqchimisiz? Loyihaga qo‘shiling va o‘z hissangizni qo‘shing!