“Mening bogʻim” loyihasining yangi mavsumiga start berildi
5-apreldan “Ochiq byudjet” axborot portalida “Mening bogʻim” loyihasining 2025-yilgi mavsumi boshlandi.
Ushbu jarayonlar uch bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda (5–14-aprel) fuqarolar tomonidan portalga loyiha takliflari kiritiladi. Ikkinchi bosqichda kelib tushgan (15–20-aprel) loyihalar belgilangan talab va mezonlar asosida saralab olinadi. Uchinchi bosqichda esa (21–30-aprel) tanlangan loyihalarga ovoz beriladi.
Eng ko‘p ovoz to‘plagan loyihalar g‘olib deb topilib, manzilli ro‘yxat asosida moliyalashtiriladi va “yashil bogʻ” hamda “yashil jamoat parklari” barpo etiladi.
Ma'lumot uchun, joriy yilda loyiha uchun jami 52 mlrd soʻm mablag‘ ajratiladi. Mablagʻlar 208 ta tuman va shaharlarga teng ulushlarda, 250 mln soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda taqsimlanadi.