MEVALI DARAXTLARNI QISHDA BUTASHNING AHAMIYATI
Qishda mevali daraxtlarni butash ularning sog‘lom o‘sishi va yuqori hosil berishi uchun juda muhim. Kuz faslida daraxtning asosiy quvvati tanasi va ildizlarida to‘planadi.
Agar daraxt qishki “uyqu” davrida ortiqcha shoxlardan xalos qilinsa, saqlangan quvvat bahorda yangi, kuchli shoxlarning rivojlanishiga sarflanadi.
Shunga qaramasdan, tik o‘suvchi bu shoxlar quyosh nurini to‘sib, boshqa shoxlarning o‘sishiga xalaqit qilishi mumkin. Shu sababli, ularni ham keyinchalik kesish talab etiladi.
Muhim tavsiyalar:
• Butashni kech qish faslida boshlash maqsadga muvofiq, chunki qishning sovuq davrida yangi kesilgan shoxlar sovuqdan zarar ko‘rishi mumkin.
• Ishni birinchi navbatda olma daraxtlaridan boshlash, so‘ngra gilos, shaftoli va olxo‘ri daraxtlarini butash kerak.
👉 Mevali daraxtlaringizni qishki butash orqali sog‘lom va samarali saqlang!