Qidirish
23/03/23, 12:23
1185

Mukofot muborak boʻlsin moʻtabar ayol!

Maʼlumki, “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi tomonidan taʼsis etilgan boʻlib, mazkur mukofot jamiyat va davlat hayotida faollik hamda tashabbuskorlik koʻrsatgan, oʻzining samarali mehnati bilan oilaning shakllanishiga va farovonligi mustahkamlanishiga, onalik hamda bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshgan, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularni vatanparvarlik hamda istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash, joylarda maʼnaviy-axloqiy muhitni sogʻlomlashtirish va milliy qadriyatlarimizni keng targʻib etish borasida ibratli faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarga beriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi agentligi jamoasi Oʻrmon xoʻjaligi ilmiy tadqiqot instituti Malaka oshirish markazi boshligʻi Oygul Ibadullayeva jamiyatda faolligi hamda tashabbuskorligi, oʻzining samarali mehnati onalik va bolalik muhofazasiga munosib hissa qoʻshganligi, shuningdek, sogʻlom va barkamol avlodni voyaga yetkazib, ularni vatanparvarlik va istiqlol gʻoyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va oʻrmon xoʻjaligi sohasida ibratli faoliyat olib borayotganligi munosabati bilan “Moʻtabar ayol” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Oygul Ibadullayevaning kelgusidagi faoliyatiga ulkan zafarlar yor boʻlishigi tilab qolamiz!