Mutaxassislar terak daraxtini ekib parvarishlash borasida o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi
O‘rmon xo‘jaligi ilmiy tadqiqot- institut katta ilmiy xodimi, qishloq xo‘jaligi falsafa fanlari doktori Muxsimov Nurulloning so‘zlariga ko‘ra, terak keyingi yil bahorda tutgan qalamchalardan hosil bo‘lgan ko‘chatlar siyraklashtirilib, boshqa joyga ko‘chiriladi. Qalamchalar ekiladigan joylar kuzda 35-40 sm chuqurlikda shudgor qilingan bo‘lishi va ekish oldidan yumshatilishi zarur. Qalamchalarni ayniqsa may-sentyabr oylarida, har oyida kamida 2-3 marta sug‘orish kerak.
Ko‘chatlar va qalamchalar birinchi va ikkinchi yil tuproq tarkibi va yer osti suvlarining sathiga qarab 8-12 martagacha sug‘oriladi. Sug‘orishlar oralig‘i iyun-avgust oylarida 15 kundan oshmasligi kerak. Sug‘orish me’yori o‘rtacha 700-800 m3/ga. Sug‘orish tuproqni yumshatish bilan birga olib borilsa maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Bahor mavsumida aprel oyining 1 dekadasida (1-15 aprelgacha) bo‘yi 1,5-2,5 metrgacha bo‘lgan terak ko‘chatlarini qator oralig‘i 2,5-3,0 metr sxemada ekilishi, 1,5 metr oraliqda ariq tortilib, 70 sm oraliqda ekilishi maqsadga muvofiq. Ekilgan terak ko‘chatlariga o‘z vaqtida agrotexnik tadbirlar olib borilsa, ko‘karuvchanlik darajasi 95-98 % ni tashkil etadi. Birinchi yilgi ko‘chatlarni qator oralarini 4 marta yumshatish tavsiya etiladi va kamida 2 marta o‘simliklar orasi chopiq qilinadi.
Ikkinchi yildan boshlab tanasidagi pastki yon shoxlar kesib tashlanadi. Terak ko‘chatlari ikkinchi yil kuzga borib, bo‘yi 4 metr va hatto undan ham oshadi. Tanasining yo‘g‘onligi esa 3,5-4,0 sm ni tashkil etadi. Uchinchi yili bahorda teraklarga shakl berish ishlari amalga oshiriladi. Daraxtning qiyshik va shikastlangan shoxlari olib tashlanadi. Tanasining yer betidan 1,5-2,0 metrgacha bo‘lgan yon novdalari ham kesiladi.
Terak qalamchalari o‘simlikda shira xarakatlari to‘xtagan vaqtda dekabr-mart oylarida tayyorlanadi. Qalamchalar pishgan, sog‘lom standart novdalaridan tayyorlanadi. Qalamchalar uzunligi 20-25 sm bo‘lishi kerak. Qalamchalar o‘tkir qaychilar yordamida kesilishi shart. Qalamchani yuqori qismi 10-120S nishablikda, kurtakdan kamida 1 sm tepa qismidan kesiladi. Qalamchalar diametri 1-2 sm oralig‘ida bo‘lishi shart. Bundan qalin yoki ingichka bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.