Qidirish
08/04/24, 11:34
240

Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligida qrim sosna nihollari ekildi

Ma’lumki, o‘rmonlarni qayta tiklash - oldin o‘rmon bilan qoplangan maydonlarda o‘rmonzorlar barpo etish, bu o‘rmonning tabiiy yangilanishiga ko‘maklashish, daraxt urug‘ini ekish va o‘rmon daraxtlarini o‘tqazishni o‘z ichiga oladi.

Joylarda o‘rmonchilik sohasining mas’ullari tashabbusi bilan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarini jadallashtirish maqsadida, “Ko‘chat ekish” hayriya hasharlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, Namangan davlat o‘rmon xo‘jaligida qrim sosna nihollarini ekish va sug‘orish hamda ko‘chatlarni chopish ishlari olib borilmokda.