Namanganda himoya daraxtzorlari barpo etishga bag'ishlangan seminar o'tkazildi
To‘raqo‘rg‘on tumanida Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan himoya daraxtzorlarini barpo etishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
To‘raqo‘rg‘on tuman hokimi Sh. Qosimov, Pop ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaligi direktori B. Hamdamov va xo‘jalikda faoliyat yuritayotgan fermerlar ishtirok etgan seminarda himoya daraxtzorlarini barpo etish masalalari muhokama qilindi.
O‘sishdan to‘xtagan ko‘chatlarning o‘rnini to‘ldirish, xato va kamchiliklarning oldini olishga qaratilgan tadbirda mas’ullarga kerakli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan rejalar belgilab olindi.