Qidirish
06/09/24, 15:03
937

Naʼmatak yetishtirishning o‘ziga xosligi

Na‘matak — erta bahorda chiroyli pushti rangli gullaydigan, yozning oxiri va sentyabr boshida pishib yetiladigan ko‘p yillik buta. Xalq orasida bu o‘simlik "yovvoyi atirgul" deb ham ataladi.

Naʼmatak asosan Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining quyi va o‘rta tog‘ tizmalarida daryo va soylarning qirg‘oqlarida, bog‘larda, yong‘oqzor va archazorlarda uchraydi.

Ixtisoslashtirilgan xo‘jaliklarda ko‘p yillar mobaynida olib borilgan tadqiqotlar asosida tog‘ etagi, tog‘ mintaqasidagi lalmi yoki shartli lalmi yerlarda sug‘ormay 5×3 metr o‘lchamda, tekislik, tog‘ etagi va tog‘li yerlarda sug‘orilganda 8×3 yoki 7×3 metr o‘lchamda ekish sxemasi tavsiya etiladi. Plantatsiya tashkil etilgan maydonlarda 2-3-yilda qator orasiga tirnoqgul, moychechak ekish mumkin.

Mevasi C vitaminiga boy bo‘lib, insonning immun tizimini mustahkamlaydi. Shuningdek, u  qonni suyultirib, qon bosimini tushiradi, shamollash va grippni davolashda asqotadi.