Na’matakni istemol qilish qanday kasalliklarga shifo bo‘lishini bilasizmi?
Tabiiy mahsulot inson organizmiga foyda keltirishi uchun uni to‘g‘ri tayyorlash va iste’mol qilishni bilish kerak.
Siz na’matakning foydasi va boshqa xususiyatlari haqida nimalarni bilasiz? Bugun shifobaxsh na’matak va uning foydali tomonlari yuzasidan ma’lumot taqdim etamiz.
Na’matak tarkibida S vitamini ko‘p. U limon tarkibidagi vitamin miqdoriga qaraganda o‘nlab marta ko‘proq. Mahsulotning quvvatliligi ancha kam – 100 gr mahsulotga 50 kkal (sof holatida). Qaynatmaning quvvati esa 13 kkal ga teng. Bu esa qaynatmani parhez vaqtida ham iste’mol qilish imkonini beradi. Biroq faqat kaloriyalarni olmaslik uchun shakar qo‘shmaslik kerak.
Na’matak qaynatmasini qo‘rqmasdan fitovosita deb atash mumkin. To‘g‘ri tayyorlangan ichimlikni ichish vitaminlar manbaiga aylanib, organizm immun tizimini mustahkamlaydi. Quvvat kamayganida va avitaminoz vaqtida yordam beradi. Qaynatma qon-tomir tizimiga to‘g‘ri ishlashda qo‘l keladi. Temir qon hosil qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi. Arterial bosimni tushiradi.
Na’matakni istemol qilish tanosil kasalliklari uchun foydali. Qaynatma mikroblarga qarshi ta’sirga ega. Qovuq yallig‘lanishining oldini oladi. Yallig‘lanish ta’siriga ega bo‘lgani uchun og‘izni chayqash uchun ham foydali. U og‘izdagi mayda yaralarni davolab, milklardagi yallig‘lanishni oladi. Shishishni bartaraf etishda yordam beradi. Homiladorlik davrida va ko‘krak bilan boqish vaqtida foydali. Laktatsiyani yaxshilash uchun ichimlikni qaynoq holida ichgan ma’qul.
Na’matak damlamasini 4 yoshdan katta bolalar uchun kuniga 1 stakan, kattalar esa kuniga 2 stakandan iste’mol qilishi mumkin.