N.Bakirov: Bizning sharoitimizda o‘simlik dunyosiga avvalo o‘z vaqtida sun'iy usulda sug‘orish ishlarini o‘tkazmasdan ko‘chatxonalar barpo etib bo‘lmaydi
Foydalanilmayotgan o‘rmon fondi yerlarida yangi o‘rmonzorlar va dorivor o‘simliklar plantatsiyalarini barpo etish maqsadida foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslarga investitsiyaviy shartnoma yoki davlat – xususiy sheriklik shartlari asosida O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi tomonidan 49 yildan oshmagan muddatga ijaraga berish masalasining huquqiy asosi yaratilmoqda.
Shuningdek, davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzishga doir huquqbuzarliklarni aniqlash samaradorligi ortib borilishiga erishilgan.Davlat o‘rmon fondi yerlarida o‘rmonlardan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzishga doir huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishda o‘rmonlarni muhofaza qilishga qaratilgan mustahkam mexanizm yaratilgan.
Qayd etish lozimki, yer, suv, yer osti boyliklari va hayvonot dunyosidan foydalanish hamda ularni muhofaza qilish bilan bog‘liq o‘rmonlardan foydalanish sohasidagi munosabatlar tegishli qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
O‘rmon xo‘jaligi davlat Qo‘mitasi raisi N.Bakirov Buxoro viloyatiga tashrif buyurib, Qoravulbozor, «Neftchi» davlat o‘rmon xo‘jaliklari hamda Qoravulbozor davlat o‘rmon ov xo‘jalikligining ko‘chatxona va niholxonalar parvarishini ko‘zdan kechirdi .
Bugungi kunda respublikada o‘rmon fondini muhofaza qilish, ko‘paytirish, undan oqilona foydalanish bo‘yicha qator tashkiliy va amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, yaxshi hosildorlikka erishish uchun, avvalo, yerga yaxshi ishlov berish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish talab etiladi. Ekiladigan har bir o‘simlik, daraxt ko‘chati muayyan agrotexnik bosqichlardan o‘tgach yaxshi o‘sishi va hosil berishi mumkin. Bundan tashqari, o‘simliklarni kasalliklar va zararkunandalardan himoya qilmay turib, ulardan sifatli va yuqori hosil olib bo‘lmaydi. Xususan, cho‘l-dasht hududlarida, og‘ir tuproqda ekiladigan ko‘chatlarning yuqori darajada o‘sib-rivojlanishiga erishida tuproqqa ishlov berish asosiy tadbir hisoblanadi. Bu ish joyning relьefiga va tuproqning yuvilish darajasiga qarab har xil bo‘ladi.
Qo‘mita raisi ko‘chatxona va niholxonada ekilgan ekinlarini mahalliy hamda mineral o‘g‘itlar bilan o‘g‘itlash me'yori va chorvachilik, parrandachilik, asalarichilikni rivojlantirish, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida tegishli tavsiyalar berdi.
-Bizning sharoitimizda o‘simlik dunyosiga o‘z vaqtida sun'iy usulda sug‘orish ishlarini o‘tkazmasdan ko‘chatxonalar barpo etib bo‘lmaydi va sifatli ko‘chat ham yetishtirib bo‘lmaydi, deydi N.Bakirov. – Ko‘chatxona barpo etishdan oldin sug‘orishni yerni haydashdan avval tuproqqa asosiy ishlov berish zarur.Tuproq tarkibini doimo boyitib borish uni tarkibini har xil chirindilar bilan to‘ldirish, uni kasalliklardan himoyalash zarur bo‘ladi.
Ta'kidlanganidek, o‘rmon barpo qilish, niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish hamda ko‘kalamzorlashtirish tadbirlari uchun daraxt va butalarning urug‘larini tayyorlash asosiy tadbirlardan biridir. Bugungi kunda 70 dan ortiq daraxt, butalarning turlaridan urug‘lar tayyorlanib kelinmoqda Daraxt va butalar urug‘larini tayyorlashda ko‘kalamzorlashtirish maqsadlarida ekiladigan manzarali yaproqbargli va ignabargli daraxt va butalarning urug‘larini jamg‘arishga aloxida e'tibor qaratildi.
Har bir daraxt urug‘larini pishib yetilish muddatlari ishlab chiqilgan va shu muddatlarda urug‘lar tayyorlanadi. Ushbu urug‘lar niholxonalarga ekilib, nihollar yetishtiriladi. Noyob turdagi urug‘larni o‘stirish bo‘yicha Xitoy, Turkiya va Janubiy Koreya kabi chet davlatlar bilan hamkorlik qilinmoqda, tajribalar almashinib, o‘rmon xo‘jaliklarida joriy etilmoqda. Buning natijasi sifatida aytishim mumkinki, o‘rmon xo‘jaliklarida intensiv usulda niholxonalar tashkil etilmoqda.
O‘rmon xo‘jaligi Davlat qo‘mitasi Axborot xizmati bo‘yicha mutaxassis Dilrabo Boboyeva