Qidirish
02/05/23, 09:52
464

Noto‘g‘ri ovqatlanish va yashillik olamining keskin kamayib ketishi insonda allergik xastaliklarini ko‘payib ketishiga sabab bo‘ladi

Ma’lumki, allergiyaning asl sababi immunitetning genetik darajada buzilishi hisoblanib, u nasl suradi yoki favqulodda paydo bo‘ladi. Shuningdek, allergiya kasalligi chang-to‘zon oqibatida ham paydo bo‘ladi.

Yashillik olamini kengaytirish, daraxtlarni asrash bejizga inson hayoti va salomatligi uchun muhim sanalmaydi.

Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori Ilmira Razikovaning so‘zlariga ko‘ra, bug‘doy va soya ham ba’zida allergik reaktsiyalarni keltirib chiqaradi. Masalan, soya tarkibini molekulyar darajada o‘rganish natijasida uning tarkibida Gly m 1, Gly m 5, Gly m 6 allergenlari mavjudligi aniqlandi.

Sitrus mevalar, qulupnay va yertut ham ko‘proq allergiya qo‘zg‘aydi. Yong‘oqqa allergiyasi bo‘lganlarning aksariyati esa ushbu meva daraxti changiga ham ta’sirchan bo‘ladi. Kattalarda allergiya rivojlanishiga sabab bo‘luvchi oziq-ovqat mahsulotlaridan birinchisi yeryong‘oqdir. Bu mahsulot ko‘p hollarda anafilaktik reaktsiyani keltirib chiqaradi. Undan so‘ng turli xil yong‘oqlar, kunjut, asal, shaftoli, uzum, malina, sabzi, shokolad, kofe va kakao allergiya chiqaruvchi mahsulotlar ro‘yxatidan joy olgan.


Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati