Qidirish
11/05/23, 09:19
375

O‘rmon fondi yerlaridan yaylov maqsadida keragidan ortiq foydalanilsa yerlar eroziyaga va degradatsiyaga uchrashi mumkin

Yaponiyaning “Asia Survey LTD” kompaniyasi vakillari (Takaki Tayodo hamda Jannalar)dan iborat delegatsiya mamlakatimizga tashrifi davomida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro yer kuniga bag‘ishlab o‘tkazilgan anjumanda ham ishtirok etdi. Shuningdek, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligiga tashrif buyurib, xo‘jalikning Lashkarak bo‘limida degradatsiyaga uchragan hamda ko‘chki va sel xavflari mavjud bo‘lgan hududlar bilan hamda Chorvoq suv ombori atrofi va unga tutash hududlarda bo‘ldi hamda eroziyaga uchragan yo‘l qirg‘oqlari bilan tanishdi.

Delegatsiyaga Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JAYKA orqali O‘rmon xo‘jaligi agentligiga xalqaro ekspert maslahatchi sifatida jalb etilgan Takeda Yusuke hamda uning assistenti Aralova Dildora hamda Agentlik Xalqaro aloqalar va ekoturizmni rivojlantirish boshqarmasi boshliq o‘rinbosari hamrohlik qildi.

Delegatsiyaning Jizzax viloyatiga tashrifi davomida Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi hududi faoliyati ham o‘rganib chiqildi. Forish davlat o‘rmon xo‘jaligiga tutash qishloqlarda sel oqibatida talofat ko‘rgan qishloqlar bilan tanishib, talofat sabablari va kelgusida shu kabi talofat ro‘y bermasligi uchun zarur choralar ko‘rish bo‘yicha rejalar belgilab olindi.

Joriy yil 2 may kuni delegatsiya O‘rmon xo‘jaligi agentligida Tabiat resurlari vazirligi hamda agentlik xodimlari qabul qildi.

Uchrashuv davomida vakillar o‘rmon fondi yerlarida olib borilgan o‘rganish ishlari yuzasidan batafsil hisobot berdi. Hisobot yuzasidan xulosalar tinglanib, tegishli takliflar olindi. Xususan, o‘rganish ishlari olib borilgan hududlarining barchasida yetarli darajada o‘rmon fondi yerlarining yaylov maqsadida keragidan ortiq foydalanilishi oqibatida eroziyaga va degradatsiyaga uchrashi aniqlanganligi hamda bu salbiy oqibatlar hududlar va unga tutash joylarda yashovchi mahalliy aholiga tabiy ofatlar ko‘rinishida zarar yetkazishi mumkinligi Forish davlat o‘rmon xo‘jaligi ro‘y bergan toshqin misolida keltirildi. O‘z navbatida O‘zbekiston tomoni mazkur xulosalarni inobatga olib, birgalikda Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi JAYKAning xalqaro grand loyihalarini jalb qilgan holda amaliy loyihalarni amalga oshirish choralarni ko‘rishga kelishildi.