O‘rmon resusrlarining kamayib ketish sabablari tabiiy iqlim keskin o‘zgarishidir!
Mamlakatimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, tabiiy resurslardan oqilona va samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yishga katta e’tibor qaratilmoqda. Prezident raisligida ekologik holatni yaxshilash va “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ushbu yo‘nalishda mavjud holat tanqidiy tahlil qilinib, ustuvor vazifalar aniq belgilab berildi. Loyiha doirasida 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlar ekish, shu orqali shaharlardagi yashil maydonlarni hozirgi 8 foizdan 30 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.
Belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutasaddilari tomonidan tizimdagi barcha o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlariga bir qator vazifalar yuklatilgan. Xususan, tashkil etilayotgan onalik plantatsiyalarda ekiladigan daraxtlar va butalarning ko‘chatlari genetik jihatdan tozaligi hamda sofligi bo‘yicha soha olimlarining tavsiyalarini inobatga olinadi. O‘z muddatlarida urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarning davriy aprobatsiyadan o‘tkazilishi ta’minlanadi.
Shu maqsadda Buxoro, Navoiy o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari bilan birgalikda o‘rmon fondi yer maydonlarida daraxt va butalarning selektsion urug‘chilik bazasini yaratish hamda sifatli urug‘ olish maqsadida daraxt va butalar urug‘larining onalik plantatsiyalarini tashkil etish borasida seminar bo‘lib o‘tdi. Seminar davomida urug‘liklarni yetishtirish sxemalarining texnologik talablariga, ularni saqlash hamda realizatsiya qilish qoidalariga rioya etishiga, shuningdek urug‘liklarning sifat va miqdor jihatidan saqlanishiga alohida e’tibor qaratilishi haqida ham so‘z bordi.
Soha olimlari tomonidan yangi va istiqbolli navlarni joriy etishga doir tavsiyalarni innovatsion texnologiyalarni va yuqori sifatli urug‘liklar yetishtirish samaradorligini oshirish usullari bo‘yicha qo‘llanmalar asosida tushunchalar berildi.