O‘rmonlarni asrash - inson salomatligiga zamin yaratish demakdir!
Dunyo bo‘yicha aholi turmush darajasini yanada yaxshilash, aholi yashash joylarining ekologik tozaliligi va manzaraliligini oshirish, tez tiklanuvchi va arzon tabiiy-o‘rmon resurslari hajmini tubdan oshirish jamiyatni barqaror rivojlantirishning muhim masalalaridan biri bo‘lib, hozirgi kunda yer yuzining -31% o‘rmon hududlari hisoblanadi. Dunyo o‘rmon hududlarning 50 % 5 ta gigant davlatlarga, jumladan Kanada, AQSh, Rossiya, Braziliya va Xitoyga tegishli.
Ma’lumotlarga ko‘ra, so‘nggi 25 yilda 129 mln. ga o‘rmonlar qisqargan. 2010-2015 yillarda 5 yilda 7,6 mln.ga o‘rmon yo‘qotildi va 4,3 mln. ga qayta tiklangan.
Respublikamiz bo‘yicha O‘rmon fondi yerlari maydoni 12 milion gektardan oshiq maydonni tashkil etsa, shuning 10 % qismi (1,2 mln) urug‘ terib olinadigan maxsus urug‘chilik plantatsiyasi bo‘lishi kerak. Bugungi kunda respublikamiz o‘rmon fondida maxsus bo‘lmagan Mavjud doimiy o‘rmon urug‘chiligi uchastkalari urug‘ terib olinadi.
Joriy yilning 23-mart kuni O‘rmon xo‘jaligi agentligining tashabbusi bilan hududlarda urug‘ tayorlash va urug‘ teriladigan onalik plantatsiyalarini tashkil etish bo‘yicha seminarlar tashkil etish topshirig‘i berildi.
Eng katta o‘rmonlarni yo‘qotish tropik davlatlarda Janubiy Amerika va Afrika qit’alarida kuzatilgan, ammo oxirgi 5 yilda ushbu hududlarda o‘rmonlar qisqarish darajasi keskin kamaygan.
Soha mutasaddilarining so‘zlariga ko‘ra, o‘rmon resusrlarining kamayib ketish sabablari o‘rganib chiqilgan va tahlil qilingan. O‘rganishlarga asosan, tabiiy - iqlim keskin o‘zgarishi, turli eroziyalar, yer kuchishi, suv bosishi, qurg‘oqchilik, tabiiy yong‘inlar, kasalliklar tarqalishi, hayvonlar va hashoratlar tomonidan payxon qilinishi va h.q, antropogen- o‘rmon yong‘inlari, daraxt kesish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish maqsadida yerlarni o‘zlashtirish , xo‘jalik faoliyati - yer yuzida aholining soni oshib borishi, yog‘och tayyorlash miqdori keskin oshishi aniqlangan.
Mamlakatimizda o‘rmonlarni asrash, yashillik olamini kengaytirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar belgilab olingan. Har bir o‘rmon xo‘jaligida o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutining olimlari bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan. Shulardan kelib chiqib olimlar tomonidan ilmiy tadqiqotlar asosidagi tavsiyalarga asosan o‘rmon xo‘jaliklarida ko‘chatxonalarni tashkil etish rejalashtirilgan.
Yosh doktorontlarga ilmiy tadqiqot ishlarini o‘tqizishga sharoitlar yaratib berilgan.Shu bilan birgalikda yangi introduktsiya qilingan manzarali va o‘rmon daraxtlarini yetishtirish usullari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish rejalashtirilgan.
Bugun Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ ixtisoslashtirilgan davlat o‘rmon xo‘jaliklari rahbarlari bilan birgalikda o‘rmon fondi yer maydonlarida daraxt va butalarning selektsion urug‘chilik bazasini yaratish hamda sifatli urug‘ olish maqsadida daraxt va butalar urug‘larining onalik plantatsiyalarini tashkil etish borasida seminar tashkil etildi.
Tashkil etilayotgan onalik plantatsiyalarda ekiladigan daraxtlar va butalarning ko‘chatlari genetik jihatdan tozaligi hamda sofligi bo‘yicha soha olimlarining tavsiyalarini inobatga olinib,
o‘z muddatlarida urug‘lik yetishtirish uchun foydalaniladigan maydonlarning davriy aprobatsiyadan o‘tkazilishini ta’minlanishi kerakligi aytib o‘tildi.
Seminar davomida hududda tashkil etilgan ishlar o‘rganildi, tegishli ko‘rsatmalar berildi.