Ohangaronda katalpa yetishtirilmoqda
KATALPA (Catalpa) — bignoniyadoshlar oilasiga mansub manzarali o‘simliklar turkumi. Bargi oddiy, uzun, yirik. Guli oq, qo‘ng‘iroqsimon, to‘pguli shingil yoki ro‘vaksimon. Mevasi uzun (20—40 sm), ko‘p urug‘li. 2 pallali, dukkaksimon. Urug‘i yassi, uchi kokilli. 14 turi bor. Urug‘i, qalamchasi va ildiz bachkisidan ko‘paytiriladi. Yog‘ochi yengil, yumshoq, chirishga chidamli.
Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori N.Bakirov Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi hududiga borib, u yerdagi faoliyat hamda bahorgi mavsumda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish jarayonida go‘zal manzaralari katalpa daraxtining bugungi kunda Ohangaron o‘rmon xo‘jaligida urug‘dan ekilib to ko‘chat bo‘lgunga qadar parvarishlanayotganligi, har bir jarayonning o‘ziga xos agrotexnik tadbirlari mavjudligi borasida o‘z tavsiyalari bilan o‘rtoqlashdi. Mazkur daraxt turining O‘zbekiston iqlimida yetishtirilishi va un ko‘paytirilishida qanday chora-tadbirlar qo‘llanilishini qayd etdi.
Ta’kidlash lozimki, aynan Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligi hududida hozirda katalpa daraxti urug‘idan ko‘paytirilmoqda. Poytaxtning ko‘pgina so‘lim bog‘lari va ko‘chalarida katalpaning ajoyib manzarasidan bahramand bo‘lish mumkin. Shuningdek, Ohangaron davlat o‘rmon xo‘jaligida hozirgi kunda ko‘chatxona bo‘limida 3,0 mlnga yaqin ko‘chat va nihollar parvarish qilinmoqda.
N.Bakirov mazkur hududlarda amalga oshirilayotgan bahorgi ishlar mavsumi bilan yaqindan tanishdi, ekilayotgan nihollarning parvarishi yuzasidan o‘rganishlar olib bordi. Kerakli va zaruriy agrotexnik maslahatlarni berib o‘tdi.