O‘rmon fondi yaylovlaridan foydalanuvchilarga yaylovlardan mavsumiy almashib foydalanish.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 506, 278-sonli qarorlarida ko‘rsatib o‘tilgan topshiriqlarga asosan O‘rmon xo‘jaligi agentligi tizimidagi xo‘jaliklarning o‘rmon fondi yer maydonlari hududida jami 2 mln 230 ming gektar yaylov yer maydonlari mavjud bo‘lib, shundan joriy yilning 20-iyun holatiga 214,3 ming gektariga yuridik va jismoniy shaxslar chorva mollari joylashtirilgan.
Ushbu yaylov yer maydonlarida 1948 ta foydalanuvchilarning 396 ming 421 bosh chorva mollari boqish uchun joylashtirilgan bo‘lib, shundan 229 ming 245 bosh mayda shoxli, 103 ming 959 bosh qo‘zi va uloqlar, 5 ming 776 bosh yirik shoxli mollar, 11 ming 278 bosh yosh tana va buzoqlar, 1 ming 595 bosh yilqilarni tashkil etadi.
Jumladan: Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 271 ming 817 ga bo‘lib, 2 ming 576 ga yer maydoniga 152 ta foydalanuvchilar tomonidan 4 ming 387 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Buxoro viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 81 ming 571 ga bo‘lib, shundan 19 ming 078 ga yer maydoniga 85 ta foydalanuvchilar tomonidan 10 ming 522 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Jizzax viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 82 ming 578 ga bo‘lib, shundan 15 ming 881 ga yer maydoniga 232 ta foydalanuvchilar tomonidan 37 ming 723 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Qashqadaryo viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 79 ming 467 ga bo‘lib, shundan 18 ming 878 ga yer maydoniga 352 ta foydalanuvchilar tomonidan 62 ming 661 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Navoiy viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 1 mln 300 ming 958 ga bo‘lib, shundan 27 ming 277 ga yer maydoniga 229 ta foydalanuvchi tomonidan 27 ming 277 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Namangan viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 93 ming 880 ga bo‘lib, shundan 42 ming 369 ga yer maydoniga 236 ta foydalanuvchi tomonidan 81 ming 161 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Samarqand viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 35 ming 713 ga bo‘lib, shundan 3 ming 715 ga yer maydoniga 25 ta foydalanuvchi tomonidan 1 ming 118 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.
Surxondaryo viloyati bo‘yicha jami yaylov yer maydonlari 71 ming 481 ga bo‘lib, shundan 48 ming 935 ga yer maydoniga 374 ta foydalanuvchilar tomonidan 78 ming 946 bosh har xil turdagi chorva mollari joylashtirilgan.