O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori Nizomiddin Bakirov Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligidagi amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdi.
Ma'lumot uchun: Hozirgi kunda Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida talab yuqori bo‘lgan lavanda, lola, chinor, xilokotalpa va shunga o‘xshash 60 turdan ortiq mevali va manzarali daraxt va buta ko‘chatlari yetishtirilmoqda.
Agerntlik rahbari o‘rmon xo‘jalik hududidagi yetishtirilayotgan ko‘chatlarni ko‘zdan kechirar ekan, ko‘chat turlarini yanada ko‘paytirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi bo‘yicha o‘rmon xo‘jaligi hududida yetishtirilayotgan, parvarishlanayotgan ko‘chatlarni Respublika bo‘ylab yetkazib berish, mazkur loyiha asosida birgina Surxondaryo viloyatidagi mavjud o‘rmon xo‘jaliklarida yetishtirilayotgan ko‘chatlar sonini yiliga 10 mln donadan oshirish, shuningdek, dorivor o‘simliklar turlarini yanada ko‘paytirish, maydonlarini kengaytirish bo‘yicha ishchi-xodimlarga kerakli ko‘rsatmalar va tavsiyalar berdi.