Qidirish
07/08/24, 15:09
984

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori o‘rinbosari G‘.Qurbonov O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti talabalari bilan uchrashdi

Ma’lumki, Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakulteti negizida universitet tarkibidagi O‘rmon xo‘jaligi institutini tashkil etilgan bo‘lib, bir qancha vazifalar belgilab berilgan.

Xususan, o'rmon xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish, o‘rmon seleksiyasi va urug‘chiligi, ko‘chatchiligini rivojlantirish, ko‘paytirish, o‘rmonlarni muhofaza qilish, foydalanish borasida ilmiy-tadqiqot va tajriba-sinovlari o‘tkazish hamda oliy malakali kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida Institut tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalarini ta’limning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, o‘quv-laboratoriya bazasini modernizatsiyalash, fan dasturlarida soha bo‘yicha zamonaviy ishlab chiqarish jarayonlari, yuqori unumli va resurs tejamkor ilg‘or texnologiyalar bo‘yicha bilimlarni aks ettirish, talabalarning o‘quv mashg‘ulotlari, malakaviy amaliyotlarni o‘tishda innovatsion va yangicha fikrlashga yo‘naltiradigan yangi interfaol uslublarni, shu jumladan, talabalarning mustaqil izlanishini ta’minlovchi mexanizmlarni keng joriy etish hamda rivojlangan xorijiy ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarida professor-o‘qituvchilar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning malakasini oshirish va stajirovkalarini tashkil etish institutning asosiy vazifalaridir.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori o‘rinbosari G‘ Qurbonov Toshkent davlat agrar universiteti O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayni fakulteti talabalari bilan suhbatlashdi. Muloqot jarayonida talabalarning qiziqishlari, soha borasidagi kelgusidagi rejalari xususida tinglandi. Ularning qiziqishlari va ishlab chiqarish texnologik amaliyoti o‘rganildi.

Qayd etish lozimki, Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmon xo‘jaligi va landshaft dizayn fakultetida kadrlar tayyorlashni mazmun jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fakultet tarkibidagi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘quv rejalarini ta’limning kredit-modul tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazish, soha va ishlab chiqarish talablaridan kelib chiqib, kelgusida yangi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarini ochish rejalashtirilmoqda.

Muloqot so‘nggida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.