O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori o‘rinbosari G‘olib Qurbonov Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligiga qarashli o‘rmon bo‘limlarida yetishtirilayotgan nihol va ko‘chatlarni ko‘zdan kechirib, o‘zining taklif va tavsiyalarini bildirdi.
Viloyatdagi davlat o‘rmon xo‘jaliklarida 2024-yil 2-choragida niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish rejasi 24 gektar bo‘lib, amalda 46,7 gektar (194 foiz) maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etilgan. Shundan 24,9 gektar niholxona va 21,8 gektar ko‘chatxonalar barpo etilgan.
Jumldan, niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etish Surxondaryo davlat o‘rmon xo‘jaligida 4,5 gektarni, Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligida
8,1 gektarni, Qiziriq davlat o‘rmon xo‘jaligida 4,0 gektarni, Uzun davlat o‘rmon xo‘jaligida 18,8 gektarni, Bobotog‘ davlat o‘rmon xo‘jaligida 6,3 gektarni, Xisor ixtisoslashgan davlat o‘rmon xo‘jaligida 5,0 gektarni tashkil etadi.
Shuningdek, ushbu niholxona va ko‘chatxonalarda 8 mln 716 ming dona nihol va ko‘chatlar, shundan, 5 mln 820 ming 200 dona nihollar va 2 mln 895 ming 800 dona ko‘chatlar yetishtirilmoqda. Bu o‘tgan yilga nisbatan 119,7 foizga yoki 1 mln 433 ming 800 donadan ortiq nihol va ko‘chatlar yetishtirilmoqda.
Yil yakuniga qadar jami 92 gektar maydonda niholxona va ko‘chatxonalar tashkil etiladi.