O‘rmon xo‘jaligi agentligida Konstitutsiya kuni munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘rmon xo‘jaligi agentligi qoshidagi Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda markazning barcha ishchi-xodimlari va ilmiy xodimlari ishtirok etishdi. Unda O‘rmon xo‘jaligi agentligining mas’ul xodimi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining yangilangan konstitutsiyasiga kiritilgan asosiy o‘zgarishlar” mavzusida ma’ruza qilindi.
Ishtirokchilarga Konstitutsiyaga kiritilgan “O‘zbekiston – huquqiy, ijtimoiy va dunyoviy davlat”, “Konstitutsiya to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi”, “Imtiyozlar qonunda yozib qo‘yilishi shart emas”, “Barcha noaniqliklar – inson foydasiga” kabi asosiy 10 ta o‘zgarishlar batafsil tushuntirildi.
Shuningdek, “Davlat mulkini boshqarish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun mazmun-mohiyati ham ishtirokchilarga atroflicha yoritildi.