Qidirish
30/11/24, 11:06
993

O‘rmon xo‘jaligi agentligining Dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazida “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda markazning barcha ishchi-xodimlari, ilmiy xodimlari va olimlari ishtirok etdi.

Tadbir davomida agentlikning mas’ul xodimlari quyidagi mavzularda ma’ruzalar qilishdi:

• “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 5 iyundagi ‘O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PQ-210-sonli qarorining ijrosi”

• “Korrupsiyaga qarshi kurashish – davr talabi”

Shuningdek, ishtirokchilarga quyidagilar haqida batafsil ma’lumot berildi:

• Korrupsiya haqida tarixiy shaxslarning fikrlari

• Bugungi kunda dunyo mamlakatlari, jumladan O‘zbekistonda, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar

Ushbu tadbir, korrupsiyaga qarshi kurashning dolzarbligini ta’kidlab, xodimlarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan muhim qadam sifatida baholandi.