Qidirish
09/10/23, 17:52
3408

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti 2024 o‘quv yili uchun doktorantura bo‘limiga tayanch (PhD) doktorantura va doktorantura DSc)ga talabgorlar hujjatlarini qabul qilishini ma'lum qiladi.

Tayanch doktorantura (PhD) bo‘limi uchun tayyorlanadigan hujjatlar:

1. Institut direktori nomiga ariza.

2. Qisqacha biografik ma'lumot.

3. Ob'ektivka.

4. Pasport nusxasi.

5. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (agar ishlayotgan bo‘lsa).

6. Oliy ta'lim muassasasi magistratura bo‘limini to‘gatgan diplom nusxasi.

7. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati (3.4-shakl, tasdiqlangan shaklda) hamda ularning asl nusxalari (kamida 1 ta jurnalda chop etilgan maqola va 2 ta tezis).

8. Tadqiqotchiga ilmiy maslahatchining rozilik xati.

9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari bo‘yicha tegishli hujjat nusxalari (agar mavjud bulsa).

10. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (B2).


Doktorantura (DSc)ga o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar

1. Ariza.

2. Qisqacha biografik ma'lumot (ob'ektivka, namuna bo‘yicha 3.5 shakl, o‘zbekcha va ruscha shaklda).

3. Mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun).

4. Oliy ma'lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi.

5. Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma'ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi.

6. Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari (kamida 3 ta maqola va 2 ta tezis).

7. Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)

8. Pasport nusxasi.

9. Ilmiy yutuqlari (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi hujjat nusxasi)

10. Til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (B2).

Hujjatlarning elektron shakli 2023 yilning 15 oktyabr sanasigacha Innovatsion rivojlanish agentligining phdmininnovation.uz sayti orqali va qog‘oz varianti esa onlayn qabul qilingandan so‘ng qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun telefonlar: (+99899)890-60-86 (O‘XITI ilmiy kotibi), +99871 225-72-32 (qabulxona);


ARIZA NAMUNASI (ariza qulda yoziladi)

O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot

instituti direktori

F.I.Sh.ga

(Yashash manzili) fuqorasi F.I.Sh. dan




ARIZA

Sizdan, O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti doktorantura (PhD/DSc) bo‘limiga 2024 yildan o‘qishga qabul qilish bo‘yicha tanlovda qatnashishga ruxsat berishingizni so‘rayman.



            sana, yil                            imzo                                 F.I.Sh.