O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ishlanmalari amaliyotga tadbiq etiladi
Qoraqalpog‘istonda davlat rahbarining 2023 yil 31 maydagi “Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish univeristeti (Green University) faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorning 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish univeristetining faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha “YO‘LXARITASI”ning tegishli bandida Ilmiy ishlanmalarni tijoratlashtirish va marketingini tashkil etish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Jizzax viloyatlarida ko‘rgazmali yarmarkalarni tashkil etish vazifasi ijrosini ta’minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti ishlanmalarini amaliyotga tadbiq etishga oid ko‘rgazmali yarmarka tashkil etildi.
Mutaxassislar tomonidan o‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar (patentlar, innovasion texnologiyalar, jadal usullarda yetishtirilgan daraxt-buta ko‘chatlari)ni ishlab chiqaruvchi korxonalar va fermer xo‘jaliklarga shartnoma asosida tijoratlashtirish va marketiningini yo‘lga qo‘yish kabi masalalar qayd etildi.
Mazkur yarmarkada O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida so‘nggi 5 yil davomida ishlab chiqilgan ilmiy ishlanmalar (yangi pista navlari va resurstejamkor ko‘chat ekish o‘rmon agregat moshinalariga olingan patentlar, innovasion usulda ekilgan noyob va qimmatli daraxt-buta ko‘chatlari, urug‘lari, dorivor o‘simliklar, duragayterak navlari va h.k) nomoyish etiladi. Viloyatda ko‘chatchilik, yong‘oqchilik (pista, bodom plantatsiyalari) hamda dorivor o‘simliklarni yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi sub’yektlar (fermer xo‘jaliklari, tadbirkorlar, ko‘kalamzorlashtirish va obodonlashtirish korxonlari)ga yaratilgan ilmiy ishlanmalarning afzalliklari, ustunliklari, ularning iqtisodiy samaradorliklari tushintiriladi. Yarmarka yakunida ishlab chiqaruvchi sub’yektlar o‘rtasida ilmiy ishlanmalarni shartnoma asosida tijoratlashtirish amalga oshiriladi.
Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati