Qidirish
20/09/23, 16:09
650

O‘rmon xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlar talabalikka tavsiya etildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 noyabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlarida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan fuqarolarni sirtqi va kechki ta'lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 675-sonli qarori ijrosini ta'minlash maqsadida o‘rmon xo‘jaligi sohasida kamida besh yil ish stajiga ega bo‘lgan xodimlarni Toshkent davlat agrar universitetining O‘rmonchilik va aholi yashash joylarini ko‘kalamzorlashtirish ta'lim yo‘nalishi sirtqi ta'lim shakliga suhbat natijalariga ko‘ra tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish uchun tavsiyanomalar berildi hamda ushbu xodimlar suhbatdan o‘tib, talabalikka qabul qilindi.

Bu esa o‘rmon xo‘jaligi sohasiga berilayotgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarilishini ta'minlash, joylarda o‘rmon barpo qilish, o‘rmon fondi yerlaridan maqsadli va samarali foydalanish, yordamchi tarmoqlar faoliyatini yanada rivojlantirish, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishda, ayniqsa sohaning quyi tizimida malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojini qondirishda hamda sohada ko‘p yillardan buyon ishlab kelayotgan o‘rta va o‘rta maxsus ma'lumotga ega bo‘lgan xodimlarni malakasini oshirish, sohani mutaxassis kadrlar bilan ta'minlashda poydevor bo‘lib xizmat qiladi.

Shuningdek, o‘rmon xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan xodimlarning talabalikka tavsiya etilishi sohada ta'lim va ishlab chiqarish integratsiyasini amalga oshirishga xizmat qiladi.