Qidirish
12/02/24, 12:07
1147

O‘rmon xo‘jaligi sohasini raqamlashtirishda o‘tgan 2023 yilda qanday ishlar amalga oshirildi?

O‘rmon xo‘jaligi sohasida ilm-fan bilan ishlab chiqarish integratsiyasini ta’minlash, ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot va raqamli texnologiyalarni joriy etish hamda ilg‘or xorijiy tajriba bo‘yicha yetarli bilim va malakalarga ega bo‘lgan kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsad qilingan.

Xususan, o‘tgan yillar davomida ijaraga berilgan o‘rmon fondi yerlari hisobini yuritish axborot billing tizimi ishlab chiqildi, tizim ishga tushiriliishi orqali barcha ijara shartnomalar tizimga kiritish ishlari amalga oshirilmoqda hamda barcha to‘lovlar avtomatik hisob kitobini yuritish yo‘lga qo‘yilmoqda. Ushbu tizim orqali ijaraga olingan yerlarda amalga oshirilayotgan ishlar nazorati olib boriladi. Shuningdek, tizimni ishga tushirilishi natijasida hisobotlarga ketadigan vaqtni 80% qisqartirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, “Forest Mobile” mobil ilovasi ishga tushirildi, mobil ilova orqali yangiliklarni yetkazish, davlat xizmatlaridan foydalanish, o‘rmon fondi yerlarida ro‘y bergan xodisalar to‘g‘risida tezkor ma’lumot olish yo‘lga qo‘yildi.

O‘rmon fondi yerlari ma’lumotlarini geofazoviy ma’lumotlar asosida yig‘ish, qayta ishlash, saqlash va taqdim etish imkoniyatini beruvchi «Smart forestry» axborot tizimi test rejimda ishga tushirildi. Ushbu tizim orqali o‘rmon fondi yerlari ma’lumotlarini geofazoviy ma’lumotlar asosida yangilash yo‘lga qo‘yiladi. Tizim o‘rmon fondi yerlari haqidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish va xaritada aks ettirish hamda rejalashtirish imkonini beradi.

Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, o‘rmon fondi yer maydonlarida o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan 1,1 tonna cho‘l va boshqa turdagi daraxtlar va butalarning urug‘lari jamg‘arilgan. Niholxona va ko‘chatxonalarning umumiy maydoni 1,3 ming gektarga yetkazilib, 166 million dona turli mevali hamda manzarali daraxtlar va butalarning ko‘chatlari, nihollari yetishtirilgan.

M.Satimbayev - AKTni joriy etish va raqamlashtirish bo'limi boshlig’i