Qidirish
07/10/23, 17:37
801

O‘rmon yerlarini ijaraga berishning o‘z talablari mavjud

Belgilangan qonunchilikka ko‘ra, O‘rmon fondining foydalanilayotgan yoki foydalanilmayotgan yerlarini ijaraga berish huquqi auktsion orqali amalga oshiriladi. Bunda qo‘shimcha kiritilishicha, ushbu yerlar jismoniy va yuridik shaxslarga investitsiya shartnomasi yoki DXSh asosida 3 yildan kam bo‘lmagan va 49 yildan oshmaydigan muddatga ijaraga berilishi belgilab qo‘yilgan. O‘rmon fondi yerlarining ijara shartnomalari qabul qilingan namunaviy shartnomaga muvofiq tuziladi.

Ijara to‘lovining stavkasi o‘rmon fondi uchastkasining 1 gektari uchun 10 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etadi (ilgari – eng kam stavka 20 bazaviy hisoblash miqdorini tashkil etgan). Ijara to‘lovidan tushadigan mablag‘larning alohida hisobi yuritiladi hamda ular o‘rmonzorlar barpo etish tadbirlariga yo‘naltiriladi.

Toshkent viloyati Prokraturasi qoshidagi viloyat eko prokraturasi bilan Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi bilan ijara shartnomasi tuzgan ijarachilar bilan yerdan maqsadsiz foydalanmaslik, kiritilayotgan investetsiyalar hamda yaratilayotgan ishchi o‘rinlari to‘g‘risida Ohangaron o‘rmon xo‘jaligida yig‘ilish tashkil etildi.Yig‘ilishda Eko prokraturadan Bahrom Xolmirzayev va soha vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilish davomida mutasaddilar tegishli ravishda tavsiyalarni taqdim etdi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.