Qidirish
08/09/23, 15:56
1078

O‘rmonlarda sodir bo‘ladigan yong‘in nafaqat yashillik olamiga, balki undan ajralib chiqadigan kislorod miqdorining keskin kamayishiga ham sabab bo‘ladi

Insoniyat hayoti ming yillar osha o‘simlik va hayvonat olami bilan bevosita bog‘liq bo‘lib kelgan. Ba'zan odamlarning e'tiborsizligi hamda ehtiyotsizligi oqibatida minglab gektar o‘rmonzorlarda, yaylovzorlarda yong‘in chiqib, ulardagi mavjud o‘simlik va hayvonot dunyosining yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lmoqda. O‘rmon yong‘ini kelib chiqishi tabiatga va insoniyatga juda katta zarar keltirish barchamizga ma'lum.

O‘rmonlarda sodir bo‘ladigan yong‘in nafaqat yashillik olamiga, balki undan ajralib chiqadigan kislorod miqdorining keskin kamayishiga, tuproq tarkibining buzilishiga sabab bo‘ladi.

Shunga qaramasdan, yer yuzining turli mintaqalarida o‘rmonlarga chaqmoq sababli yashin tushishi yoki iqlimning nihoyatda qurg‘oqchiligiva inson omillari tufayli o‘rmonlarda o‘rmon yong‘ini kelib chiqayotganligi kuzatilmoqda.

Mazkur muammolarning oldini olish maqsadida Konimex Davlat o‘rmon xo‘jaligida yongin xavfsizligi fuqaro muhofazasi o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan tushuntirish ishlari olib borildi, tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tildi. O‘rmon xo‘jaligi uchastkalarida o‘t o‘chirish anjomlari va vositalarini saqlash uchun o‘rmon uchastkasi boshliqlari (o‘rmonchilar)ga biriktirilgan binolar, shuningdek mayda ta'mirlash uchun asbob-uskunalar va anjomlar bo‘lishi nazoratdan o‘tkazildi.

Dilrabo Boboyeva O‘rmon xo‘jaligi agentligi axborot xizmati.