O‘rmonlarni zararkunanda va kasalliklardan muhofaza qilish bugunning dolzarb mavzusidir
Respublikada o‘rmon fondi yerlarining umumiy yer maydoni 11,8 mln gektarni, O‘zbekiston Respublikasi umumiy yer maydonining 26 foizini tashkil qiladi, o‘rmon bilan qoplangan yer maydonlari esa 3,4 mln gektarni, O‘zbekiston Respublikasi umumiy yer maydonining 7,7 foizini tashkil etadi.
O‘rmon fondi yerlarining 82 foizi cho‘l, 14 foizi tog‘, 4 foizi to‘qay hududidan iborat.
Mamlakatimizdagi o‘rmon xo‘jaligi hududlarida 46 586 gektar maydonda zararkunanda va kasalliklarni aniqlash ishlari olib borilib, 21 066 gektar maydonda aniqlangan zararkunanda va kasalliklarga qarshi kurashish tadbirlari, jumladan 19 315 gektar maydonda zararkunandalarga qarshi biologik kurash ishlari tashkil etildi.
O‘rganish davomida antragnoz, un shudring, parsha, barg bujmayishi, zamburug‘, zang, dog‘lanish, dipladioz kasalliklari aniqlanib ularga qarshi Vektra 10%, Bordo suyuqligi, Bagira 20%, Siperfos 55%, Nurell-D 55% vositalari ishlatildi. Aniqlangan O‘rta Osiyo ipak qurti, pista va terak bargxo‘ri, o‘rgimchakkana, kolorado qalqondori, simqurt, Tengsiz ipakchi, trips kasalliklari aniqlanib, ularga qarshi Bi-58, Prestij plyus, Indoksamektin, Agrofos D 55, Entoluchino 20%, Dublet Ekstra vositalari hamda Enjeo, Bi 58, T 35, Karbafos 50%, Karate 5%, Patriyot 12,5% kimyoviy preparatlar texnika va suv purkagich (RTR MAX) yordamida ishlov berildi.
Shu bilan birga, bugungi kunga qadar tizim tashkilotlari tomonidan jami 682 ta o‘rmon huquqbuzarliklari aniqlangan bo‘lib, yetkazilgan zarar 674 million 709 ming so‘mni tashkil etdi. Aniqlangan huquqbuzarliklarga nisbatan 473 million 406 ming so‘m jarima belgilandi.
Madaminov Sangin Muminjonovich