Orol dengizi qurishi nafaqat mintaqamiz, balki global darajadagi ekologik ofat markaziga aylangan
Orolbo‘yida ekologik xavfsizlikni ta'minlash va atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, aholi salomatligini himoya qilish, bugungi hamda kelgusi avlodlar uchun beg‘ubor tabiiy muhitni saqlab qolish, nabotot va hayvonot dunyosini muhofaza qilish muammolarini izchil hal etish, biologik xilmaxillik qisqarishining oldini olish, iqlim o‘zgarishi salbiy oqibatlariga qarshi kurashish, transchegaraviy muhofaza etiladigan tabiiy hududlar maydonini kengaytirish, atmosfera havosi ifloslanishini kamaytirish, ayniqsa, suv resurslaridan samarali foydalanish, dengiz qurishining salbiy oqibatlarini yumshatish borasidagi ishlar bir zum bo‘lsin to‘xtagani yo‘q.
Darhaqiqat, Orol dengizi qurishi nafaqat mintaqamiz, balki global darajadagi ekologik ofat markaziga aylandi.
So‘nggi yillarda Orol dengizining suvi qurigan hududida global ekologik muammoning oldini olish va aholining ijtimoiy-iqtisodiy yashash tarzini yaxshilashga qaratilgan keng ko‘lamli chora-tadbirlari olib borildi.
Xususan, Hukumatning maxsus qaror va dasturlari qabul qilinib, belgilangan topshiriqlar hamda loyihalar doirasida qator amaliy tadbirlar bajarildi.
Jumladan, 2018-2022 yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Mo‘ynoq tumanidagi Orol dengizining suvi qurigan hududida 1,6 mln.gektar maydonda cho‘l o‘simliklarining urug‘i va ko‘chatidan “yashil qoplamalar” himoya o‘rmonzorlari barpo etildi.
O‘rmon xo‘jaliklari ishchi-xodimlari va aholi tomonidan 6,4 ming tonna saksovul va boshqa cho‘l o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arildi. Shundan, 1.3 ming tonnadan ortiq urug‘lar Mo‘ynoq tuman aholisi tomonidan tayyorlandi. 1,3 ming gektarer tayyorlash (barazda) ishlari bajarildi. Har yili o‘rtacha 1000 ta gacha texnika va mexanizmlar, 4 dona samalyot va 2 dona delьtaplan jalb etildi.
Ushbu o‘rmon-meliorativ tadbirlar O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklaribilan birgalikda amalga oshirildi. Respublika hududlarini, jumladan Orol dengizining suvi qurigan tubida ekologik vaziyatni yaxshilashga qaratilgan tadbirlar joriy yilda ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, 2023 yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Mo‘ynoq tumanida 128 ming gektar maydonda, shundan 126 ming gektar urug‘dan va 6 ming gektar ko‘chatdan “yashil qoplamalar” barpo etildi.
O‘rmon xo‘jaliklari va mahalliy aholi tomonidan jami 541 tonna, shundan 447 tonna saksovul, 7,2 tonna qandim, 84 tonna qoraburoq kabi cho‘l o‘simliklarining va 2,7 tonna yaylov o‘simliklarining urug‘lari jamg‘arildi. Ushbu jamg‘arilgan urug‘larning 269 tonnasi aholi tomonidan jamg‘arilib, topshirilgan.
Ushbu o‘rmon-meliorativ tadbirlarini amalga oshirish uchun ixtiyoriy ravishda 500 nafar ishchi-xodimlar, 200 dona yuqori unumli traktor va mexanizmlar, 2 dona kichik aviatsiya (AN-2 amalyotlari) va 2dona delьtaplan jalb etilgan. Keyingi mavsumda “yashil qoplamalar” barpo etishni davom ettirish maqsadida saksovul niholxonalari tashkil etildi. Yuqorida barpo etilgan “yashil qoplamalar” soha olimlari hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda har yili monitoring qilib, ekilgan urug‘ va nihollarning ko‘karish darajasi hamda o‘simlik qoplami o‘rganilib borilmoqda.
Hududda ekotizimlar muvozanatini tiklash va bioxilma-xillikni ta'minlashdan tashqari, infratuzilmalar yaratish, chorvachilik, baliqchilik, parrandachilik, qishloq xo‘jaligi va sayyohlikni rivojlantirish orqali hududdagi aholining bandligini, ekologik va oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash imkoniyatini yaratadi.