Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 mln. dollar beriladi
So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda o‘rmonzorlar barpo etildi. Natijada, hududning o‘rmon bilan qoplanish darajasi 19 foizdan 35 foizga yetdi.
Qoraqalpog‘istonda Mahallalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tashkil qilinib, 452 ta mahallaning har biriga 500 million so‘mdan ajratildi.
Osiyo taraqqiyoti bankidan jalb qilingan 274 million dollar hisobidan “Buxoro – Nukus – Beynov” yo‘nalishidagi 240 kilometr magistral yo‘l yaqin kunlarda ishga tushishi ma’lum qilindi.
Orolbo‘yidagi iqlim sharoitini yaxshilash bo‘yicha ham juda katta dastur boshlangan. So‘nggi yetti yilda Orol dengizining qurigan tubida 1,9 million gektarda o‘rmonzorlar barpo etildi. Natijada, hududning o‘rmon bilan qoplanish darajasi 19 foizdan 35 foizga yetdi.
Ekotizimni yaxshilash, sho‘rlangan, suvsiz muhitda yangi nav va urug‘larni yaratish uchun Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazi tashkil etildi.
Yaqinda tasdiqlangan qishloq xo‘jaligini iqlimga moslashtirish dasturiga ko‘ra, Orolbo‘yida iqlim o‘zgarishi oqibatini yumshatishga 80 million dollar beriladi.