Qidirish
15/11/24, 12:27
195

O‘ta issiq-sovuqqa chidamli va foydali chilonjiyda

Chilonjiyda dastlab bundan 4 ming yil avval Xitoyda o‘stirilgan. Keyin Hindiston, Afg‘oniston uni madaniylashgan holda yetishtirishni boshlashgan. Respublikamizda XX asrning o‘rtalarida ekilgani maʼlum.

Daraxti may oylarida gullab, hosilga kiradi. Avgust oylariga kelib, mevalari pisha boshlaydi. Uning bir to‘pidan 50-60 kg gacha hosil olish mumkin.

Mevasi, guli va bargi ham foydali.

Chilonjiydani o‘ta bardoshli o‘simlik. U qurg‘oqchilikka, issiqqa (+44 daraja) va sovuqqa (-30 daraja) chidamli bo‘lib, o‘sish uchun deyarli  yer tanlamaydi.

Chilonjiyda har yili hosil beradi. Uning mevalari tarkibida 20-28% shakar, 0,3-2,5% kislota, 2,93%, oqsil, 1,73% quruq moddasi, C vitamini 500-600 mg%, P vitamini 3,5 mg%, A vitamini 0,7% bor.

Ushbu mevaning tarkibida rutin moddasi ko‘p miqdorda bo‘lib, qon bosimi oshgan kishilar (gipertoniklar) uchun juda foydalidir. Chunki bu vitamin organizmdagi qon tomirlarini kengaytirib, uning devorlarini mustahkamlaydi.