Qidirish
20/09/23, 16:10
1618

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI KONSTITUTSIYaSI

Mazkur yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz berish orqali qabul qilingan.

Konstitutsiyaning yangi tahririda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.

Poytaxtimizda O‘rmon xo‘jaligi agentligi mutasaddilari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tmoqda.

Tadbirda “Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi farmoni hamda yangi tahrirdagi Bosh qomusimizdan kelib chiqadigan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar dasturining ijrosi borasida atroflicha ma'lumot berildi.

Ma'lumki, asosiy qonunimizda belgilangan konstitutsiyaviy normalarning ijrosini so‘zsiz ta'minlash barcha sohalarda “inson qadri”ning tom ma'noda yuksalishiga, davlat va jamiyat hayotini “inson – jamiyat – davlat” degan tizimga asoslangan holda yangi va zamonaviy tarzda boshqarish imkonini beradi.

Konstitutsiyaning yangi tahririda atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar belgilangan.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, mamlakatimizda ekologiya. atrof-muhitni muchofaza qilishga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Ushbu sohani boshqarish va tartibga soluvchi qonunchilik bazasi takomillashtirilmoqda. Butunlay, yangicha ekologik tafakkur, ekologik dunyoqarash shakllanib, aholining bu boradagi madaniyati yuksalib bormoqda. Zero, bu hayotiy zaruratdir.

Shuningdek, qonunchilik orqali davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko‘rsatilishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi belgilab qo‘yildi.

Atrof-muhit inson salomatligi va hayotiga ta'sir qiluvchi muhim omil bo‘lib, BMT ma'lumotlariga ko‘ra, inson salomatligining 20-40 foizi atrof-muhit holatiga bog‘liqdir. Qulay atrof-muhit esa global muammolar insoniyat kelajagiga tahdid solayotgan hozirgi davrda yanada dolzarb axamiyat kasb etmoqda. Shu bois, ko‘pgina rivojlangan davlatlarda ham ushbu muammo keng muhokama etilmoqda hamda ekologiya muhofazasiga oid yangi normalar konstitutsiyalarga kiritilgan.

Tadbir so‘nggida Konstitutsiyaviy qonunning mazmun-mohiyati, kiritilgan normalarning jamiyat, shu jumladan, har bir insonga qay darajada muhimligi haqida atroflicha tushuntirib o‘tildi.