Qidirish
08/11/24, 16:57
572

“O‘zbekistonda barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash” loyihasi bo‘yicha Jahon bankining O‘zbekiston va Vashingtondagi vakolatxonalari hodimlaridan iborat qo‘llab-quvvatlash missiyasining O‘zbekistonga tashrifi va manfaatdor tomonlar vakillari ishtirokida Resiland loyihasining muhokamasi

Tadbirni Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi direktori N.J.Bakirov hamda Jahon bankining ekologiya va iqlim bo‘yicha mutaxassisi Mr.Asferachew Abate Loyihaning dolzarbligi, amalga oshirish mexanizmlari hamda kutilayotgan natijalari bilan ochib berdi.

Tadbirda loyiha rahbari B.Sh.Kuziyev - umumiy loyiha bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning 5 yillik tahlili bo‘yicha, xarid bo‘yicha mutaxassislar R.Allamuradov, B.Abdusamadov, A.Malikjonov – loyiha doirasida xarid qilish strategiyalari masalalari bo‘yicha, (JB) hodimi N.Axmedxo‘jayeva va LAOG hodimi D.Aralova loyihaning ekologik va ijtimoiy masalalarini targ‘ib qilish bo‘yicha, raqamli platforma bilan bog’liq “SMART FORESTRY” platformasini yaratish uchun AKT bo‘yicha (JB) hodimi Vlad Manoil, Ekoturistik obyektlar holati bo‘yicha M.Salomov, (JB) hodimi Nurgul Tatybekova moliyaviy masalalar bo‘yicha o‘z taqdimotlari bilan ma’ruzalar qilishdi.

Tadbir davomida Respublikada barqaror o‘rmon landshaftlarini tiklash va o‘rmon resurslarini samarali boshqarish jarayonlari bo‘yicha Jahon banki hodimlari va loyihani amalga oshirish guruhi hodimlari, viloyat kordinatorlari bilan savol-javob va fikr-mulohazalar almashinildi.

Jahon bankining O‘zbekiston va Vashingtondagi vakolatxonalari hodimlaridan iborat qo‘llab-quvvatlash missiyasi 5-noyabr kuni Ekologiya vazirligining Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar departamenti hamda Ekoturizm va ovchilikni rivojlantirish departamenti xodimlari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuv davomida milliy tabiat bog’lari va ov xo‘jaliklarida loyihada belgilangan vazifalarini amalga oshirish uchun, agrotadbirlar rejasi, xarid qilinadigan texnikalar ro’yxati, rekreatsion va ekoturizm uchun tanlangan yer uchastkalari ko‘rib chiqildi va investitsion loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelgusida amalga oshiriladigan ishlar rejalari kelishib olindi.