Oʻzbekistonda umumxalq xayriya hashari oʻtkaziladi
Joriy yilning 24−25-avgust kunlari Oʻzbekistonda Mustaqillik bayrami arafasida umumxalq xayriya hashari boʻlib oʻtadi. Bu haqda Oʻzbekiston mahallalar uyushmasi xabar berdi.
Bildirilishicha, hashar “Mahalla obod – yurt obod” shiori ostida oʻtkaziladi.
Undan koʻzlangan maqsad mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, istirohat bogʻlari, ziyoratgohlar va qabristonlar va boshqa joylarni obodonlashtirishdan iborat.
Shuningdek, shu kunlari aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga yordam koʻrsatiladi.
Maʼlumot uchun, ushbu sanalar mos ravishda shanba va yakshanbaga toʻgʻri kelmoqda.