Qidirish
23/03/23, 12:40
1345

Oʻzbekistonning industrial turizmining ommabop obyekti – agroturizm rivojlanishining kuchli drayveri

Muayyan turist uchun turistik resursning o‘ta faolligi, ya’ni uning jozibadorligi, turistik mahsulotni yaratishda asosiy tashkil etuvchisi bo‘lib hisoblanadi, ekskursiyaviy ahamiyati esa ham namoyish qilish ob'yektining mavjudligi, ham ekologik yuk bilan belgilanadi.

Hudud marketingining o‘ziga xosligi shundaki, hududning imidji va brendlarini muvaffaqiyatli shakllantirish uchun, ularning har biri shahsiy maqsad va manfaatlariga ega bo‘lgan ko‘plab barcha manfaatdor tomonlarning kelishilgan harakati zarur. Hokimiyat organlarining vazifasi, ushbu manfaatlarni kelishish uchun asos (platforma) yaratadigan va kelishilgan strategiya doirasida ularning resurslarini bir joyga to‘plash imkonini beruvchi mexanizmlarni yaratishdan iboratdir.

Xududni oldinga yuritishning muhim yo‘nalishlaridan biri turizmni samarali rivojlantirish hisoblanadi. Bunday oldinga yuritish mintaqaviy rivojlanishning umumiy strategiyasining ajralmas qismi bo‘lishi va mintaqaning marketing kontseptsiyasiga mos kelishi kerak. Industrial va agrar turizmni rivojlantirish mintaqalarning rivojlanishning umumiy kontseptsiyasiga mantiqan to‘g‘ri keladi, chunki aynan yuqorida keltirib o‘tilgan turizm turlari asosiy steykxolderlarning manfaatlariga javob beradi.

Industrial turizm - bu turistik faollikning barcha turlarini birlashtiradigan ko‘p qirrali hodisa bo‘lib, uning ob'yekti ham faoliyat yurituvchi sanoat korxonalari, ham sanoat merosi ob'yektlari hisoblanadi. Ushbu kontekstda industrial turizmi ishbilarmonlik, agrar, ekologik, gastronomik, hunarmandchilik, bilim olish (ta’lim) kabi turizm turlari bilan kesishadi va/yoki bir-birini to‘ldirishi mumkin.

Mintaqaning agrar turizmda ixtisoslashgan sayyohlik destinatsiyasi sifatida ilgari surishning muhim omili bo‘lib - soyabon brendlar, mintaqaviy turistik klasterlari va tarmoq loyihalarini shakllantirish imkonini beruvchi marketing strategiyasi hisoblanadi.

Mahalliy hududlarning turistik imkoniyatlarini tadqiqot qilishga zamonaviy kontseptual yondashuvlarning ko‘lamini o‘rganib chiqib, R.Butler va T. Hinch larning mahalliy turistik tizimlarining kontseptsiyasini qayd etmaslik mumkin emas.

Ikki yo‘nalishda tadqiqot qilinayotgan mintaqalar modellari: turistik oqimlarni yuzaga keltiradigan va ayni destinatsiyaning o‘zi qimmatli hisoblanadi. Kontseptsiya doirasida turistik oqimining, axborotning, moliyaviy resurslar va boshqalarning o‘lchami bilan ifodalanadigan kross-madaniyatlararo aloqalar o‘rganiladi (2-rasm). Aynan turistik bozorning ishtirokchilari (turistik korxonalaridan tortib to turizm sohasidagi davlat tomonidan tartibga solinadigan organlargacha), iqtisodiy, ijtimoiy va jismoniy muhitlar o‘rtasidagi kross-madaniyatli o‘zaro munosabatlar, R.Butler va T. Hinch fikricha mahalliy turistik tizimlarni shakllantirish va ularni oldinga yuritish yo‘nalishlarini belgilaydi.

Toshkent viloyatining Parkent tumanida turizmning industrial (sanoat) va agrar yo‘nalishlardagi salohiyatidan foydalanishning muvaffaqiyatli sinergiyasi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Sayyohlar orasida yuqori larajada ommaboplikka ega bo‘lgan industrial merosning noyob ob'yekti («Fizika-Quyosh» IIChB), agrar turizmining qiziqarli lokatsiyalari atrofida joylashgan. Va bu misol ancha yaqinroq o‘rganishga loyiqdir.

Birinchidan, ichki turizmni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor va uni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha O‘zbekiston rahbariyati tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, industrial va madaniy meros ob'yektlarini yangi va mavjud bo‘lgan turistik yo‘nalishlarga jalb etish uchun, mamlakat va mintaqaviy darajalarda yangi turistik destinatsiyalarni shakllantirish uchun qulay zamin yaratilmoqda.

Ikkinchidan, hudud imidji genetik jihatdan madaniy meros va sanoat salohiyati bilan taqozolanadigan mintaqalarning mahalliy o‘ziga xosligini aniqlashga va shakllantirishga mahalliy hamjamiyatlarni va hokimiyat organlarining qiziqishi ortib bormoqda.

Uchinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari oldidagi eng muhim vazifa, iqtisodiyotni diversifikatsiya qilish yo‘llarini izlash hisoblanib, ulardan biri noyob industrial va madaniy meros asosida, shuningdek, mavjud bo‘lgan sanoat korxonalari va ilmiy ob'yektlar negizida yangi turistik destinatsiyalarni rivojlantirish bo‘lishi mumkin.

To‘rtinchidan, amaldagi sanoat korxonalari va agrar xo‘jaliklari, salohiyatli tashrif buyuruvchilar va mahsulot iste’molchilari uchun eshiklarini ochib, o‘z marketing strategiyalarini kengaytirmoqdalar.

Parkent tumanida agro va ekoturizm muvaffaqiyatining omillari

O‘zbekistonda tabiatda dam olish an’anaviy tarzda Chimyon bilan bog‘lanadi. Chimyon - O‘zbekiston aholisi va bizning mamlakatimiz mehmonlari uchun eng ommabop dam olish maskani hisoblanadi. Biroq, Chimyon - Toshkent atrofidagi yagona tog‘ kurorti emas. Parkent tumanidagi agrar hududlari doimo ichki va xorijiy sayyohlarning e’tiborini tortgan. Bahorda bu yerda selfi ixlosmandlari va Instagram foydalanuvchilari uchun «magnit» hisoblanadigan lolaqizg‘oldoq maydonlari qizil tusga kiradi. Kuzda uzum yig‘im-terimi va an’anaviy ot sporti musobaqalari - ko‘pkarini ko‘rish mumkin. Qish davrida esa, hatto eng issiq yillarda ham, Chotqol tizmasining janubiy shoxlari daralarida qor qoplami yarim metrgacha va undan ham ko‘proq to‘planadi.

Parkent tumanida o‘ziga xos ko‘rinishi va kundalik hayoti bilan ajralib turadigan ko‘plab so‘lim tog‘ qishloqlari mavjud. Qishloq so‘zining o‘zi umumturkiy kish — qish so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, va tom ma’noda qishlash, cho‘ponlarning qishki dam oladigan va ularning podalarini turadigan joyi ma’nosini bildiradi. Parkent tumani - chinakam mevali jannatdir va Toshkent aholisining sevimli dam olish maskani bo‘lib, ungacha mashinada bir soat ichida yetib borish mumkin. Bu mintaqa “bir qadam masofada”, O‘zbekiston poytaxtidan atigi 50-60 km uzoqlikda joylashgan.

Tabiatda dam olish uchun eng ommabop joy bo‘lib, So‘qoq qishlog‘i atrofi hisoblanadi. Minglab odamlar bu yerga mashhur bo‘lgan So‘qoq gastronomik brendlari bo‘lgan “Ko‘k somsa va “Mador somsa”, shuningdek, “So‘qoq kabobi” lardan bahramand bo‘lish maqsadida kelishadi. Bahorda minglab odamlar lolaqizg‘aldoqlarning cheksiz gullaydigan dalalariga zavq olish uchun bu yerga kelishadi, bolalar atrofdagi tepaliklardan varraklar uchirishadi. Tumanning yana bir diqqatni tortadigan sazovor nuqtasi bo‘lib - sirli karst kovasi (yirik «chashma» suv manbai) hisoblanib, unga yo‘l Toshkent viloyatidagi yagona soyali qarag‘ayzoridan o‘tadi.

Toshkentda «So‘qoq kabobi» o‘ziga xos kulinarli brend bo‘lib yuritiladi. Bu bayonot mahalliy qo‘ylarning yuzlab o‘simlik turlarini, shu jumladan dorivorlarini iste’mol qilishi bilan izohlanadi, demak ularning go‘shti juda yumshoq, mazasi yoqimli va hatto shifobaxsh ekanligini anglatadi. Toshkentlik avtomobil ixlosmandlarida quvnoq kompaniya bilan So‘qoqga kabobga borish modasi mavjud. Haqiqatan ham toza tog‘ havosida sayr qilish, Begizshoh va Shoxqo‘rg‘onning qoyali cho‘qqilarining ta’sirchan muhitida ko‘plab taassurotlarni tortiq qiladi va megapolisdagi hayotdan qattiq hayajonni oladi.

Yana bir ommabop joy - Kumishkonni e’tibordan chetga chiqarib bo‘lmaydi. Bu yerda xushmanzara tog‘ landshaftlaridan bahramand bo‘lib, noyob Geliokompleksga (havola), asl bo‘lgan Hazrati Ali Buva masjidiga tashrif buyurib, sanatoriylar, pansionatlar, mehmonxonalarda dam olishadi. Bu yerdan sayyohlar Aqsaqota va Nurekota daryolari vodiysini o‘tib, Syurenat cho‘qqilariga (2042 m), tumanning go‘zal ikki boshli hukmron cho‘qqisi - Qizilnurga (3289 m) chiqishlari mumkin.

Zarkent qishlog‘i yaqinida daralardan birida bir necha g‘or yashiringan. Ulardan eng yirigi (Zarkent) 102 metr chuqurlikka boradi va oqim oqib o‘tadigan toshli-katta bo‘lakli to‘siq bilan tugaydi. Balki, bu soy yer ostidan 5 km dan ortiq masofani bosib o‘tib, muqaddas Zarkent ota bulog‘ida yer yuzasiga chiqqan bo‘lishi mumkin.

Nevich qishlog‘i yaqinidagi Boshqizilsoy daryosidagi xushmanzara kanon sayyohlar orasida juda ommabopdir.

Parkent tumanining asosiy boyligi - uning Chotqol tizmasi etaklarida 3 ming gektardan ortiq maydonda barpo etilgan uzumzorlaridir.

Ideal iqlim sharoitlari - quyoshning ko‘pligi, unumdor tuproq, bu balandlikda hosil bo‘ladigan shamol oqimlari bu hududda nafis uzumdan mo‘l hosil yetishtirish imkonini beradi.

Noyob tabiat sharoitlari bu yerda nafaqat dasturxon uzum navlarini (qora oq Kishmish, Xusayni, Rizamat, Toifi), balki sharob navlarini ham yetishtirish imkonini beradi. Fermerlar uzumning Kaberne savinon, Pino nuar, Muskat, Saperavi, Risling, Soyaki, Kuldja kabi navlarini madaniyatlashtirishadi. Sayyohlar sharoblarni tayyorlash jarayonini tomosha qilishlari va ularni tatib ko‘rishlari mumkin. Bugungi kunda ko‘plab vino xo‘jaliklari o‘z hududlarida bir kunlik vino turlarini va sharobni tatib ko‘rish ekskursiyalarini o‘tkazmoqdalar.

Parkent tumanida agroturizmni rivojlantirish uchun yuqori salohiyat mavjud bo‘lib, hozirgi paytda undan yetarlicha foydalanilmayapti.

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi tomonidan Parkent tumanida turizm sohasidagi muammo va kamchiliklarni o‘rganildi.

O‘zbekiston Prezidenti 2017-yil 22-iyul kuni Toshkent viloyati, jumladan, Parkent tumani turizmni rivojlantirish uchun ulkan salohiyatga ega ekanligini, buning uchun dam oluvchilar va aholi xavfsizligini ta’minlash, insonlar qalbida turizm sohasida oilaviy tadbirkorlik ko‘nikmalari shakllantirish zarurligini ta’kidladi .

2022-yil oktabr oyi oxirida Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov boshchiligidagi mas’ul shaxslar Toshkent viloyatining Parkent tumaniga tashrif buyurdilar va tumanning turizm salohiyati bilan tanishdilar .

Dastlabki manzil Kumishkon qishlog‘i bo‘ldi. Vazir mehmon uylari egalari bilan uchrashuv o‘tkazib va yangi g‘oyalar asosida qulayliklar yaratish, mehmonlar sonini ko‘paytirish bo‘yicha takliflar kiritdi.

Zarkent qishlog‘idagi vino uyi faoliyati bilan tanishgan vazir vinochilikni rivojlantirish, uzum va vino festivallarini tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi. Shuningdek, vino turizmini rivojlantirish uchun tegishli chora-tadbirlar qabul qilish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Tashrif davomida rasmiy shaxslar Parkentdagi So‘qoq qishlog‘ida qadimiy va zamonaviylikni uyg‘unlashtiradigan etno qishloq barpo etish bo‘yicha uzoq muddatli rejalar bilan tanishdilar. Shuningdek, Bo‘ston qishlog‘ining turistik salohiyati o‘rganildi.

“Zamona Ra’no” sanatoriysini ko‘zdan kechirgan vazir qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali tibbiyot turizmini rivojlantirish alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi. Ma’lumot uchun, ayni damda sanatoriyga kelayotgan sayyohlar nafaqat tabiiy o‘simliklarning shifobaxsh damlamalari yordamida davolanmoqdalar, balki ortiqcha vazn muammolaridan ham xalos bo‘lmoqdalar.

Quyosh faolligi Parkent tumanining sayyohlari uchun jozibadorlikni oshiradi

Agrar turizmi ijtimoiy terapiya vositasi bo‘lishi mumkin, u arxaik shakllarga yig‘ilmasligi kerak, uni rivojlantirish uchun ham texnologiyalar, ham infratuzilma kerak bo‘ladi. Agroturizm, qishloqda yangi postindustrial iqtisodiyotni yaratishni ham ko‘zda tutadi. Bu tegishli rivojlanish siyosatini talab qiladi. Qishloq hududlari o‘z atroflarida turli faollikdagi tarmoq klasterlariga kiritilgan yoki ularning shakllantirilayotganlari eng katta salohiyatga ega.

Agar qandaydir bir geografik nuqtada kuchli «musht» omillari to‘plangan bo‘lsa - jozibador landshaftlar, ekologiya, qulay transport va axborot infratuzilmasi, muhim tarixiy o‘tmish va tarixiy obidalar, qiziqarli mahalliy tashabbuslar, industrial turizmining noyob ob'yekti, faol mahalliy aholi - bu eng istiqbolli hudud hisoblanadi.

Turizm mintaqada madaniyat va sanoat rivojlanishining ko‘zgusidir. Agar quyosh ko‘zgularda aks etib ulkan kontsentratorga yo‘naltirilgan bo‘lsa, unda gap O‘zbekistondagi industrial turizmning eng ommabop ob'yekti - “Quyosh fizikasi” IIChB haqida ketmoqda.

Parkent tumanining egri-bugri yo‘llari bo‘yicha aylanib yurib, uzoqdan tog‘da yorqin, sarg‘ish qanotli, quyosh nurlarini ushlaydigan go‘zal “kapalak”ni ko‘rish mumkin. Ulkan optik-mexanik inshoot 1050 metr balandlikda joylashgan va dunyoda deyarli o‘xshashi yo‘q.

O‘zbekistonlik jurnalistlar, blogerlar va onlayn-media muharrirlari uchun oktyabr oyi oxirida bo‘lib o‘tgan “Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish masalalarini yoritish” mavzusidagi trening doirasida noyob ilmiy ob'yekt bilan yaqindan tanishdim.

Dilrabo, [27.02.2023 18:13]

Tadbir Time Out Tashkent kompaniyasi tomonidan tashkil etildi.

Bu joyning rasmiy nomi - O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi IIChB “Quyosh fizikasi” Materialshunoslik instituti. Bunday inshootlar dunyoda faqat ikkita, biri Frantsiyada, ikkinchisi O‘zbekistonda. Institut geliostat maydonidan iborat bo‘lib, quyosh nurlari o‘rnatilgan 12090 ta ko‘zguga tushib va to‘planib, botiq oynaning - kontsentratorning yuzasiga xarakat qiladi. Oyna kontsentratori - «Quyosh» ob'yektining asosi - og‘irligi 200 000 tonna bo‘lgan massiv metall konstruktsiyadan iborat. Katta ko‘zgu kontsentratori qarama-qarshi joylashgan geliostatlardan va texnologik minoradan, quvvati bir megavatt bo‘lgan quyosh energiyasining kontsentrlangan oqimi yo‘naltirilgan maxsus oyna orqali nurlar oqimini qabul qiladi.

Geliomajmuaning bevosita yo‘naltirilganligi - o‘ta yuqori haroratlarda o‘tga chidamli materiallarning xulqini o‘rganish, shuningdek, aviakosmik sanoati uchun o‘ta toza issiqlikka chidamli materiallarni olishdir.

Shu bilan birga, “Quyosh fizikasi” IIChB da meteorologik tadqiqotlar, quyosh energiyasida ishlaydigan turli xil maishiy va sanoat isitgichlarining muhandislik ishlanmalari olib borilmoqda.

Biroq, bu noyob sanoat ob'yekti bizni uning sayyohlik salohiyatini o‘rganish pozitsiyasidan, yaqin joylashgan atroflarga ommaboplik multiplikatori sifatida jalb qildi.

Bugun biz bemalol ayta olamizki, noyob ilmiy ob'yekt O‘zbekiston Respublikasida industrial turizmning segmentida eng ommabop hisoblanadi. Har kuni “Quyosh instituti”ga O‘zbekiston aholisi ham, uzoq va yaqin xorijlik sayyohlar ham ekskursiyalar bilan tashrif buyurishadi. Tashrif buyuruvchilar ushbu binoni “fantastika olami” dan ko‘rishga va suratga olishga intilishadi, ularning ijtimoiy tarmoqlar va videoservislar orqali efirga uzatilayotgan taassurotlari esa, yangi xohlovchilarni jalb qilishga yordam bermoqda. “Quyosh fizikasi” IIChB si vakillarining hisob-kitoblariga ko‘ra, oyiga tashrif buyuruvchilar soni 10 ming kishiga yetmoqda.

Yil sayin xohlovchilar soni ortib borayotgani quvonarli. Bu shuni anglatadiki, ilmiy ob'yektning turistik diqqatga sazovorligi yaqin atrofda joylashgan hududlar uchun istiqbolli imkoniyatlar yaratadi. Bunday muayyan holda, bular qishloq xo‘jaligi yerlari, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash korxonalari va ekoturizm ob'yektlaridir. Va ommaboplik manfaatdorlari Parkent tumanida ko‘plab yetarli bo‘lgan agroturizm ob'yektlari bo‘lishi mumkin va bo‘lishi kerak va buning uchun O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi ommaboplashtirish ishlari bilan faol shug‘ullanib kelmoqda.

Biroq, kross-marketing vositalari yetarli darajada qo‘llanilmayapti. Hech qayerda, na yo‘llarda, na “Quyosh fizikasi” IIChB hududida biz yaqin atrofda joylashgan agroturizm ob'yektlarining reklamalarini ko‘rmadik. Birinchi bosqichda yetarlicha bannerlar va bukletlar bilan to‘ldirilgan ustunlar yetarli bo‘ladi. Ideal holatda, Parkent tumanidagi qiziqarli turistik ob'yektlar to‘g‘risidagi ma’lumot bilan infokioskani joylashtirish kerak. Yaqin atrofda mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini (dorivor choylar, sut mahsulotlari, uzum mahsulotlari va turli suvenirlar) sotadigan savdo nuqtasi yo‘q. Aytish lozimki, bu qo‘shimcha daromadni ta’minlaydi va aholi bandligini oshiradi. Har tomonlama targ‘ibot mintaqaviy rivojlanishning umumiy strategiyasini shakllantirishga va mintaqani jozibador turistik destinatsiya sifatida, marketing kontseptsiyasiga mos kelishiga ko‘mak beradi.

Kabuljan Adilov - Agroturizm.uz saytining bosh muharriri, “Agroinnovatsiya” jamg‘armasi Jamoat birlashmasi ijroiya direktori Murod Nasirov - Agronews.uz saytining bosh muharriri