Qidirish
03/05/24, 15:31
1128

O‘zbekistonning porloq ertasi ilmli yoshlarga bog‘liq!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida so‘zlagan nutqida sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq ekanligini, bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iboratligini bejizga ta’kidlab o‘tmagan.


O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri kotibiyatining “Mahalla yettiligi”, yoshlar siyosati va ma’naviyat masalalari departamentining 2024 yil 20 martdagi 30/1-2003-sonli topshirig‘iga asosan O‘rmon xo‘jaligi agentligiga Yakkasaroy tumanidan 29 nafar alohida ishlash talab etiladigan yoshlar biriktirilgan.

O‘rmon xo‘jaligi agentligi rahbari N.Bakirov boshchiligida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda Agentlik mas’ullari yoshlar bilan muntazam ishlab, kelgusida muammolarni hal qilishda amaliy yordam ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlashga doim tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Muloqot davomida har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga chambarchas bog‘liq ekanligi qayd etildi.