Qidirish
27/11/24, 10:34
642

O‘zbekistonning tog‘ va vodiy hududlarida O‘RMONLARNI BARQAROR BOSHQARISH

25-noyabr kuni Toshkent viloyatidagi O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot institutida “O‘rmonlarni barqaror boshqarish uchun axborot boshqaruv tizimlari” mavzusida yakuniy seminar bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi agentligi hamda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hamkorligida amalga oshirilayotgan “O‘zbekistonning tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish” loyihasi doirasida tashkil etildi.

Loyiha 2021-yilda FAO va “Yashil loyiha” instituti o‘rtasida imzolangan hamkorlik shartnomasi asosida O‘zbekistonning tog‘ va vodiy hududlarida o‘rmonlarni barqaror boshqarish hamda axborot boshqaruv tizimlarini rivojlantirishga qaratildi.


Loyiha doirasida bajarilgan ASOSIY ISHLAR:

1️⃣ O‘rmon va landshaftlar inventarizatsiyasi:

Farg‘ona vodiysi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida umumiy 2000 gektar hududda o‘rmon va landshaftlar xatlovidan o‘tkazildi.

2️⃣ Ko‘p maqsadli boshqaruv rejalarini ishlab chiqish:

O‘rmon va yaylovlarni boshqarish bo‘yicha tajriba rejalar tayyorlandi. Ushbu rejalar har bir o‘rmon xo‘jaligining yer maydonlariga mos ravishda ishlab chiqildi.

Seminarda o‘rmon xo‘jaligi mutaxassislari, ilmiy-tadqiqot institutlari va manfaatdor tomonlar ishtirok etdi. Tadbir davomida loyihaning natijalari va kelgusi rejalar taqdim etildi, shuningdek, o‘rmonlarni barqaror boshqarish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan o‘rtoqlashildi.

✨ O‘rmonlarni barqaror boshqarish yo‘lidagi sa’y-harakatlar davom etmoqda!