Oziq-ovqat tanqisligini oldini olish borasidagi muhim yechimlardan biri — issiqxonalar sonini ko‘paytirishdir
Dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlariga talab ortib borayotgan bir paytda mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini uzluksiz yetishtirish,bog‘lar barpo etish, issiqxonalar faoliyatini samarali tashkil qilish, ularda gidroponika usulini keng qo‘llashga jiddiy e’tibor qaratilyapti.
O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan bu borada zaruriy tadbirlar tashkil etilmoqda.
O‘rganishlarga ko‘ra, Buxoro viloyati,Olot davlat o‘rmon xo‘jaligiga tegishli issiqxonada yakuniy hosil terib olinayotganligi ma’lum bo‘ldi. Qayd etish lozimki, issiqxona atrofidagi 3 gektardan oshiq yer maydonidan iborat. Olib borilgan chora-tadbirlar natijasida issiqxonadan mo‘l hosil olishga erishilgan.
Qayd etish lozimki, dunyoda kuzatilayotgan oziq-ovqat tanqisligini oldini olish borasidagi muhim yechimlardan biri — issiqxonalar sonini ko‘paytirish va ulardan sifatli mahsulotlar olishdir!