Parrandachilikni yanada rivojlantirish - oziq-ovqat xavfsizligi yo‘lida muhim qadam
Jahon chorvachilik sohasining rivojlanishi shuni ko‘rsatadiki, chorvachilikda parranda go‘shti ishlab chiqarish boshqa hayvonlar turiga qaraganda jadallik bilan rivojlanmoqda. Parrandani bekorga “Yetti xazinaning biri” deya atashmaydi, chunki tovuq qisqa vaqt oralig‘ida go‘shtga kirishi, tuxum berishi va ijtimoiy hayotda foydalanadigan boshqa mahsulotlar manbaiga aylanishi barchaga ma’lumdir.
Bugungi kunda, Broyler jo‘jalarining jadal o‘sishi va sarflangan ozuqalarga nisbatan yuqori sifatli arzon go‘sht yetishtirish, qisqa vaqt ichida qilingan xarajatlarning qoplanishi hamda aholining parhez parranda go‘shtiga bo‘lgan talabining oshishi sababli parrandachilikka qiziqish tobora ortib bormoqda.
Xorazm viloyati Xorazm davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan parrandachilikni rivojlantirish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Qayd etish lozimki, parrandachilik tarmog‘iga qator subsidiya va imtiyozlar berilib, imtiyozlardan foydalanib iqtisod qilingan mablag‘lar parrandachilik korxonalarini rivojlantirishga va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun yo‘naltirilishiga hamda yangi parrandachilik korxonalari va fermer xo‘jaliklarini tashkil etilishiga zamin yaratmoqda.