Qidirish
01/11/23, 14:02
748

Prezident topshirig‘i amalda!

Davlat rahbari raisligida joriy yilning 11 oktyabr kuni turizm va madaniyat maskanlari imkoniyatini to‘liq ishga solish, “Yashil makon” umummilliy loyihasining kuzgi mavsumini tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgan edi. Yig‘ilish davomida mamlakatimizda kuzgi ko‘chat ekish mavsumida 85 million tup ko‘chatlar ekilishi, shuningdek, O‘rmon xo‘jaligi agentligi tomonidan har bir mahallaga 200 tadan ko‘chat bepul yetkazib berilishi belgilab berildi. Shuningdek, Toshkent shahridagi 585 ta mahallalarga o‘rmon xo‘jaliklari tomonidan mevali va manzarali ko‘chatlar yetkazib berish topshirig‘i berilgan. Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahar Mirobod tumaniga Jizzax davlat o‘rmon xo‘jaligi tomonidan 7800 dona mevali va manzarali ko‘chatlar yetkazib berilib, agentlik xodimlari tomonidan ko‘chatlarni ekish va parvarish qilish bo‘yicha tumandagi mahallalarga tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Qayd etish lozimki, «Yashil makon» umummilliy harakati elimizning shu ezgu qadriyatlari yangi va zamonaviy ruhda qayta ko‘z ochishida, O‘zbekistonning har qarich yerini chinakamiga yashillikka burkash, toza va musaffo havoga boy, sog‘lom va qadri baland insonlar yashaydigan mamlakatga aylantirishda ulkan qadam bo‘ldi.

Kuzgi mavsum davom etadi.